15-ma’ruza: raqamli modulyatsiyalangan signallar


Siljishli kvadraturali faza manipulyatsiyasi (SQPSK)


Download 195.23 Kb.
bet5/10
Sana02.06.2024
Hajmi195.23 Kb.
#1834602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15 МАЪРУЗА

15.5. Siljishli kvadraturali faza manipulyatsiyasi (SQPSK).

QPSK modulyatsiyasida toq va juft impulslar bit/s tezlik bilan uzatiladi, bunda ularning o‘tishlari 15.7-rasmda keltirilganidek sinxronizatsiyalangan bo‘ladi. Standart QPSK modulyatsiyasida va larning sinxronizatsiyasi hisobiga vaqt oralig‘ida tashuvchining fazasi faqat bir marta o‘zgarishi mumkin. va larning qiymatlariga bog‘liq holda har qanday vaqt oralig‘ida tashuvchining fazasi 15.7-rasmda keltirilganidek to‘rtta qiymatdan birini qabul qilishi mumkin. Navbatdagi vaqt oralig‘ida tashuvchining fazasi o‘zgarmasdan saqlanadi, agar oqimlar impulslaridan birining belgisi o‘zgarmasa. Agar oqimlar impulslaridan birining belgisi o‘zgarsa, faza siljishi yuz beradi. Ikkala oqimlardagi impulslar belgilarining o‘zgarishi faza siljishiga olib keladi. Oddiy ikkilik faza manipulyatsiyasida kuzatiladigan fazaning bunday sakrashlari QPSK signal og‘uvchisining parazit amplituda modulyatsiyasini keltirib chiqaradi. Agar QPSK modulyatsiyalangan signal spektrning ikkilamchi maksimumlarini kamaytirish uchun filtrlanadigan bo‘lsa natijaviy signal doimiy og‘uvchili signal bo‘lmay qoladi, va ga tasodifiy faza siljishi og‘uvchini nolga aylantirib qo‘yishi mumkin. Signalning bunday o’zgarishi maqsadga muvofiq emas, chunki yon polosalar energiyasining oshishiga va aloqa kanalidagi xalaqitlarning kattalashishiga olib keladi.


Yuqoridagi nomaqbul hodisadan xalos bo‘lish uchun siljishli kvadraturali faza manipuyatsiyasi (inglizcha Staggered Quadrature Phase Sift Keying – SQPSK) deb nomlangan modulyatsiya turi ishlab chiqilgan. Signalni shakllantirishning bunday usuli QPSK signalni shakllantirish usuliga o‘xshash, ammo kvadraturali kanalda nimketma-ketlik vaqtga kechiktiriladi.
Ushbu usulni amalga oshirish uchun QPSK signalni shakllantirish strukturaviy sxemasiga (15.6-rasm) muhim bo‘lmagan o‘zgartirish kiritish yetarli, ya’ni sinfaz tarmoqdagi vaqtga kechiktirish elementini olib tashlash kerak (15.8-rasm). Bunday o‘zgartirish kanal simvollarining kvadraturali nimketma-ketligini sinfaz nimketma-ketlikka nisbatan vaqtga kechiktirish amaliga to‘g‘ri keladi.

15.8-rasm. SQPSK modulyatorining strukturaviy sxemasi

SQPSK modulyatsiyasida va impulslar oqimi ajratilgan bo‘lib, natijada impulslar bir vaqtda holatini o‘zgartira olmaydi. Tashuvchi fazasini 180º ga o‘zgartira olmaydi, chunki bir marta o‘tishni faqat komponentlardan biri o‘zgartirishi mumkin. Natijada fazaning 180º ga sakrashi yuz bermaydi, chunki modulyatorning sinfaz yoki kvadraturali kanali kirishiga keluvchi ketma-ketlikning har bir elementi fazaning 0º, 90º, yoki 270º (–90º) ga o‘zgartirishi mumkin. SQPSK modulyatsiyasi uchun holatlar diagrammasi 15.9-rasmda keltirilgan.


15.9-rasm. SQPSK modulyatsiyasi uchun holatlar vektor diagrammasi



Download 195.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling