15-ma’ruza: raqamli modulyatsiyalangan signallar


Amplituda manipulyatsiyasi (ASK)


Download 195.23 Kb.
bet2/10
Sana02.06.2024
Hajmi195.23 Kb.
#1834602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15 МАЪРУЗА

15.2. Amplituda manipulyatsiyasi (ASK)




Amplituda manipulyatsiyasi (ASK)
Tashuvchi tebranish amplitudasining diskret axborot (manipulyatsiyalovchi) signali amplitudasining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgarishi amplituda manipulyatsiyasi (AMn) deb ataladi. Ushbu modulyatsiya turi xorijiy adabiyotlarda Amplitude Shift Keying (ASK) deb yuritiladi.
AMn signalni hosil qilish strukturaviy sxemasini kirishiga tashuvchi signal berilgan, birlamchi signal bilan boshqariluvchi kalit sifatida tasavvur etish mumkin (15.1-rasm).



15.1-rasm. Amplituda modulyatorining strukturaviy sxemasi



AMn signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:



bunda, – signalning o‘zgarish qonuniga mos keluvchi va qiymatni qabul qiluvchi funksiya.

a)

b)

d)

15.2-rasm. AMn signalni shakllantirish jarayoniga oid: a) – birlamchi signal; b) – tashuvchi signal hamda d) – AMn signallarning vaqt va spektr diagrammalari.

AMn signalning spektr tashkil etuvchilarini aniqlash 14-ma’ruzada keltirilgan.


Hozirda AMn past tezlikli axborot uzatish tizimlarida, vaqt bo‘yicha ajratishli ko‘p kanalli tizimlarda, radiolokatsiya tizimlarida va shuningdek bir qator optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladi.


15.3. Ikkilik faza manipulyatsiyasi (BPSK).

Faza manipulyatsiyasining ikki turi farqlanadi: faza manipulyatsiyasi (FMn) va nisbiy faza manipulyatsiyasi (NFMn). Faza manipulyatsiyasi (inglizcha Phase Sift Keying – PSK) da mantiqiy nol va birni uzatish uchun amplitudasi va chastotasi bir xil bo‘lgan, ammo fazasi bir-biriga nisbatan siljigan signallardan foydalaniladi. Agar faza o‘zgarishlari faqatgina ikkita qiymatni qabul qilsa, u holda ikkilik faza manipulyatsiyasi deb yuritiladi.



Download 195.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling