Temiryo’l muhandisligi,,fakulteti


Download 0.5 Mb.
bet1/9
Sana14.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1001610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ETFT kursavoyXakimov Dilshodbek


TDTU “Temiryo’l muhandisligi,,fakulteti
“Elektr transporti va yuqori tezlik elektr transporti,,
kafedrasi

KURS ISHI


Topshirdi: Xakimov D.


Qabul qildi: Izbosarov A.

Toshkent 2022


Kirish
Uslubiy qo’llanma “Elektr transportidan foydalanish va ta’mirlash” fanidan bosqich loyihasini bajarish tartiblarini o’z ichiga oladi.
Bosqich loyihasining maqsadi, berilgan poyezdlar harakati grafigiga ko’ra, elektrovozlarni foydalanish tizimi, ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish asosiy parametrlarini aniqlashdan iborat.
Bosqich loyihasi poyezdlar harakati grafigi ilova qilingan holda tushuntirish matni ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Birinchi (titul) varaqda bosqich loyihasi nomi, bajaruvchining familiya, ism, sharifi va guruhi ko’rsatiladi.
Matnning ikkinchi varog’ida topshiriq variant va boshlang’ich ma’lumotlar ko’rsatib o’tiladi:

  • topshiriq variant – 26

  • poyezdlar harakati grafigi raqami – 16

  • elektrovoz seriyasi – O’zbekiston elektrovoz

  • poyezdlar kategoriyasi – O’zbekiston yuk

  • tortuv yelkalari uzunligi – AB (L1=210 km), AV (L2=420 km), BG (L3=320 km), GD (L4 = 160 km)

  • poyezd og’irligi – 4600 t

  • elektrovozning birlamchi bosib o’tgan yo’li koeffitsiyenti – β0-0.13

  • juft poyezdlar soni – n=16



1. Elektrovozlardan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish


1.1. Poyezdlar harakati grafigini tuzish

1.1-rasmda A asosiy depo lokomotivlarining berilgan B-V yurish uchastkasini hisoblash sxemasi keltirilgan.



1.1-rasm. A asosiy depo lokomotivlarining berilgan B-V yurish uchastkasini hisoblash sxemasi

I1 va I2-ilovalardan variant bo’yicha berilgan topshiriqqa mos holda poyezdlar harakati grafigi blanka namunasini tanlang. Namunadagi poyezdlar harakati grafigi blankasidagi vertikal chiziqlar variant raqamidan tushgan strelka 0:00 soatga, ya’ni tungi 24:00ga to’g’ri keladi. Namunadagi grafik blankasidan berilgan juft poyezdlar soni (n) ga ko’ra, ortiqcha juft poyezdlarni qo’shmagan holda, harakat grafigi tuzing.


Grafikdagi 0 dan 24 gacha soat setkasini belgilashni soatlarni bo’lish davomiyligi bo’lgan vertikal shtrixlar asosida amalga oshiring. Gorizontal chiziqlardagi sonlar poyezdlarni B, A va V stansiyalariga kelish va ketish daqiqalarini anglatadi, shu jumladan, yuqoridagi sonlar qatori kelish, quyi qator ketish vaqtlariga mos keladi.
1.2. – rasmda ko’rsatilganidek, poyezdlarni juft va toq yo’nalishlar bo’yicha, berilgan uchastkada qaysi elektrovoz (yo’lovchi yoki yuk) harakatlanayotganiga muvofiq raqamlang. Yillik yo’lovchi tashuvchi tez poyezdlar (№№ 1-99), yozgi yo’lovchi tashuvchi tez poyezdlar (№№ 101-149), tezyurar yo’lovchi poyezdlar (№№ 151-169), yillik olisga qatnovchi yo’lovchi poyezdlar (№№ 171-299), yozgi olisga qatnovchi yo’lovchi poyezdlar (№№ 301-399), tezlashtirilgan yuk poyezdlar (№№ 1001-1598), tog’ridan to’g’ri yuk poyezdlar (№№ 2001-2988), uchastka yuk poyezdlar (№№ 3001-3398), yig’ma yuk poyezdlar (№№ 3401-3498).

Tuzilgan harakat grafigida berilgan juft poyezdlar soni n mavjudligini tekshiring.


1.2 – rasm. Berilgan juft poyezdlar soni n harakat grafigi namunasi



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling