Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
2.2. Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning
umumiy qoidalari va schyotlar rejasining farqli jihatlari Sug‘urta tashkilotlarida ham buxgalteriya hisobi umumiy tar- tib-qoidalarga asoslanib, davlat hokimiyati va boshqaruv organ- lari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxs- lar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonala- ri va boshqa tarkibiy bo‘linmalari singari buxgalteriya hisobi sub- yektlari hisoblanadi. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxira- lar, daromadlar va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning hara- kati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari esa buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Barcha tashkilotlardagi singari sug‘urta tashkilotida ham bux- galteriya hisobining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: − buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘isidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 26 − samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lu- motlarini umumlashtirish; − moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. Buxgalteriya hisobining yuqoridagi vazifalari quyidagi asosiy qoidalar asosida amalga oshiriladi: − buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; − uzluksizlik; − xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda bahola- nishi; − aniqlik; − hisoblash; − oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); − mazmunning shakldan ustunligi; − ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; − moliyaviy hisobotning betarafligi; − hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; − aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub- yektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish stan- darti bilan belgilanadi. O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subyekt- lar tomonidan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barchasi O‘zbekis- ton Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-son milliy standarti asosida faoliyat yuritishi shart. Budjet muassasalari, sug‘urta tash- kilotlari va banklar bundan mustasno. Ma’lumki, banklar va bud- jet muassasalari uchun alohida buxgalteriya hisobini yuritish tar- tiblari ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotlari uchun mazkur tartib 2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘ja- lik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” asosida o‘r- natib berilgan. Ushbu schyotlar rejasida sug‘urta faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Quyida sug‘urta tashkilotlari uchun belgilangan schyotlar rejasi va umumiy schyotlar rejasi o‘rtasidagi farqli jihatlarini ko‘r- satib berish uchun solishtirma jadval keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling