VIII bob. QAYTA SUG‘URTAGA BERILGAN RISKLAR
BO‘YICHA SUG‘URTA MUKOFOTLARINI HISOBGA
OLISH VA ULAR BO‘YICHA HISOB-KITOBLAR
8.1. Qayta sug‘urtalash bo‘yicha asosiy tushunchalar va uning
mohiyati
Ko‘p hollarda sug‘urtalovchilar barcha qabul qilingan risklar
bo‘yicha sug‘urta qoplamalarini to‘lash masalasida muammoga duch
kelishi mumkin. Katta hajmdagi zararlar sug‘urta tashkilotining
faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazib, uning faoliyati tugatilishiga ham
sabab bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik ko-
deksining 959-moddasiga binoan “Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta
pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa su-
g‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘ur-
ta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin”.
Qayta sug‘urtalash opretsiyalarining amalga oshirilishi natija-
sida risklarning ikki yoki undan ortiq sug‘urtalovchilar o‘rtasida
taqsimlanishi vujudga keladi. Shunga muvofiq ravishda sug‘urta
javobgarligi ham sug‘urtalovchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bu su-
g‘urtalanuvchi uchun sug‘urta zararini qoplash kafolatini ta’min-
lash bilan birga sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolining yaxshi-
lanishiga yordam beradi.
Qayta sug‘urtalash operatsiyalari sug‘urta shartnomalari asosi-
da amalga oshirilib, ushbu shartnomalarning bir qancha turlari
mavjud. Qayta sug‘urtalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi
mumkin: fakultativ qayta sug‘urtalash; obligatorli qayta sug‘urta-
lash; fakultativ-obligatorli qayta sug‘urtalash.
Fakultativ qayta sug‘urtalashda shartnoma har bir risk bo‘-
yicha alohida tuziladi. Bunda sug‘urtalovchi bir nechta sug‘urta tur-
lari bo‘yicha risklarni qayta sug‘urtaga taklif qilishi va qayta su-
g‘urtalovchi taklif qilingan risklarni qayta sug‘urtaga o‘z ixtiyo-
ridan kelib chiqib qabul qilishi mumkin.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |