Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

R
N
M
N
P
VS



)
(
*
Bunda: 
VS – sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda su-
g‘urtalanuvchiga qaytariladigan sug‘urta mukofoti; 
P – shartnoma bo‘yicha sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lan-
gan sug‘urta mukofoti; 
N – sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati, kunlarda; 
M – sug‘urta shartnomasi kuchga kirgan kunda tugatilgan 
kungacha bo‘lgan kunlar soni; 
R – sug‘urtalovchining sug‘urta polisi, arizasi, blanklari bo‘yi-
cha, agentlik mukofotlari xarajatlari va boshqa shunga o‘xshash 
xarajatlari summasi. 


71 
Agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini davriy 
ravishda to‘lash belgilangan bo‘lsa, navbatdagi sug‘urta mukofoti 
vaqtida to‘lanmaganligi uchun sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta 
shartnomasining bekor qilinishida qaytariladigan sug‘urta muko-
fotining hajmi qanday hisoblanadi? 
Qoidaga muvofiq bunday hollarda navbatdagi to‘lanishi lozim 
bo‘lgan sug‘urta mukofoti vaqtida to‘lanmaganda, sug‘urta shart-
nomasining muddati to‘langan sug‘urta mukofotlari hajmiga pro-
porsional tarzda qisqartiriladi va sug‘urta sharnomasining amal qi-
lishi davom ettiriladi. Ushbu holatni quyidagi misolda ko‘rib chi-
qamiz. 
Sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchi bilan bir yilga sug‘urta shart-
nomasini tuzdi va unda sug‘urta mukofotining 50%i sug‘urta shart-
nomasi tuzilgan paytda hamda qolgan 50%i sug‘urta shartnomasi 
kuchga kirgandan so‘ng uch oy muddat davomida to‘lanishi bel-
gilandi. Shu vaqtning o‘zida sug‘urtalovchining sug‘urtalash qoi-
dalarida sug‘urta shartnomasi bir yildan kam muddatga tuzilgan-
da, masalan, 1 oyga tuzilganda sug‘urta mukofotining 20%ini, 2 
oyga tuzilganda 30%ini, 3 oyga tuzilganda 40%ini, 4 oyga tuzil-
ganda 50%ini va 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 oylarga tuzilganda sug‘urta 
mukofotining 90-95% ini birdaniga to‘lashi belgilangan.
Bunday holda agar sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotining 
qolgan 50%ini uch oy davomida to‘lamasa ham, yana 1 oy davo-
mida sug‘urta himoyasiga ega bo‘ladi. Agar mazkur tartib sug‘urta 
qoidalarida belgilanmagan bo‘lsa, u holda sug‘urta muddati su-
g‘urta mukofotiga proporsional tarzda belgilanadi. Yuqoridagi mi-
solda bu muddat 6 oyni tashkil etadi.
Sug‘urta muddati tugagandan so‘ng sug‘urta shartnomasi o‘z 
kuchini yo‘qotgan hisoblanadi va u bo‘yicha hech qanday to‘lov-
lar amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, sug‘urtalash qoidalari-
da muddatida to‘lanmagan sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchi to-
monidan to‘langan taqdirda, sug‘urta shartnomasining muddati 
uzaytirilishi nazarda tutilishi mumkin. Odatda, bunda sug‘urtala-
nuvchi tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun penya to‘lash 
tartibi shartnomada belgilangan bo‘ladi.
Agar sug‘urta shartnomasida navbatdagi sug‘urta mukofoti vaq-
tida to‘lanmagan taqdirda sug‘urta shartnomasini shu zahoti tugatish 


72 
belgilangan bo‘lsa, u holda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining 
tegishli qismini o‘zida saqlab qolishi mumkin. Ushbu holatda sug‘ur-
talovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga qaytariladigan sug‘urta mu-
kofotining bir qismi quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
R
N
M
P
P
VS



*
0
Bunda: 
P
0
– shartnomada belgilangan sug‘urta mukofotining umumiy 
hajmi; 
P – sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti; 
N – sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati, kunlarda; 
M – sug‘urta shartnomasi kuchga kirgan kunda tugatilgan 
kungacha bo‘lgan kunlar soni; 
R – sug‘urtalovchining sug‘urta polisi, arizasi, blanklari bo‘-
yicha, agentlik mukofotlari xarajatlari va boshqa shunga o‘xshash 
xarajatlari summasi. 
Boshqa sabablarga ko‘ra sug‘urta shartnomasi tugatilayotganda
sug‘urta mukofotlari to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa ham, sug‘urtalanuv-
chiga qaytariladigan sug‘urta mukofotlari yuqoridagi usulda hi-
soblanadi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi to‘langan-
dan so‘ng shartnoma o‘z amal qilishini davom ettiradi. Bunda su-
g‘urta summasi sug‘urta qoplamasi summasiga kamaytiriladi. Agar 
sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi yuz bergandan so‘ng, ya’ni 
sug‘urta qoplamasi to‘langandan so‘ng shartnomaning tugatilishi 
belgilangan bo‘lsa, sug‘urtaning qolgan muddatiga tegishli sug‘ur-
ta mukofoti ham sug‘urta summasiga proporsional tarzda kamay-
tiriladi va qaytariladigan sug‘urta mukofoti quyidagicha hisob-
lanadi: 
R
SS
V
SS
N
M
N
P
VS




*
)
(
*
Bunda: 
SS – shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi; 
V – to‘langan sug‘urta qoplamasi; 
P – sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti; 
N – sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati, kunlarda; 


73 
M – sug‘urta shartnomasi kuchga kirgan kunda tugatilgan kun-
gacha bo‘lgan kunlar soni; 
R – sug‘urtalovchining sug‘urta polisi, arizasi, blanklari bo‘yi-
cha, agentlik mukofotlari xarajatlari va boshqa shunga o‘xshash 
xarajatlari summasi. 
Muddatidan oldin tugatilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha 
sug‘urtalanuvchilarga qaytariladigan sug‘urta mukofotlari 6030 
“Sug‘urtalanuvchilarga to‘lanadigan schyotlar”ning debeti bo‘yi-
cha hisobga olib boriladi va quyidagicha provodka beriladi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling