106
XII bob. OLDINI OLISH (OGOHLANTIRISH) CHORA-
TADBIRLARI ZAXIRASINI SHAKLLANTIRISH
TARTIBI VA UNI HISOBGA OLISH
12.1. Sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish chora-
tadbirlarini moliyalashtirish
Ma’lumki, sug‘urta shartnomalari sug‘urta hodisasi
yuz bergan
taqdirda sug‘urtalanuvchiga yetgan
zararni qoplab berish maqsa-
dida tuziladi. Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburi-
yatlarini qonunchilikka muvofiq ta’minlash
maqsadida maxsus
zaxiralarni shakllantirishi mumkin.
Sug‘urta tashkiloti tijorat tashkiloti bo‘lganligi sababli, to‘la-
nayotgan sug‘urta qoplamalarining hajmini
tobora kamaytirishga
harakat qiladi. Masalan, yong‘in sodir bo‘lganda zararning hajmi
ushbu obyektning yong‘in xavfsizligi
xizmati joylashgan joydan
qancha uzoqlikda joylashganiga bog‘liq bo‘lishi odatiy holdir. Su-
g‘urta tashkilotlari sug‘urta oqibatida
yetgan zararlarni kamayti-
rish maqsadida odini olish chora-tadbirlari
zaxirasini tashkil eta-
dilar. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 15-de-
kabrda 1882-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Sug‘urtalov-
chilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida Nizom”ning 26-bandiga
muvofiq oldini olish chora-tadbirlari sug‘urta
zaxirasi baxtsiz ho-
disalar, sug‘urtalangan mulkning shikastlanishi yoki zararlanishini
oldini olish, shuningdek, oldini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxi-
rasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan maqsadlarda sarflanadi. Ol-
dini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxirasi sug‘urtalovchi tomoni-
dan tasdiqlanadi. Oldini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxirasi brut-
to-mukofotdan qilinadigan foizli ajratmalar evaziga shakllantirila-
di. Sug‘urta tarifida ushbu zaxiralarga
ajratiladigan ajratmalar hi-
sobga olinadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, oldini-olish cho-
ra-tadbirlari sug‘urtalangan obyektlarning sug‘urta hodisasi oqiba-
tida zararlanishini kamaytirish maqsadida shakllantiriladi va uning
hisobidan oldini olish chora-tadbirlari moliyalashtiriladi.