Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

 
0.3 * (100000 – 1000) = 29700 so‘m 
 
Sug‘urta hodisasining yuz berganligini va zararlarning hajmi 
aniqlangan taqdirda qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchiga 
tegishli sug‘urta qoplamasini to‘lab berishi quyidagi provodkalar 
orqali hisobga olinadi: 
 
Debet 2230 – Kredit 6050 
 
Debet 6050 – Kredit 5110 
 
Shu vaqtning o‘zida ushbu summaga quyidagi provodka beri-
ladi: 
Debet 8030 – Kredit 9250 
Agar qayta sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta qoplamalari-
ning summasi rezervlangan summadan kam bo‘lsa, ushbu farqqa 
ham yuqoridagi provodka beriladi.


103 
Agar sug‘urta hodisasining izchil tekshirish davomida uning su-
g‘urta hodisasi sifatida tan olinmasligi yoki qayta sug‘urtalanuvchi 
tomonidan sug‘urta shartnomasiga yoki qonunchilikka muvofiq 
sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etgan bo‘lsa, qayta sug‘urtalov-
chi tomonidan qonunchilik yoki qayta sug‘urta shartnomasida 
belgilangan tartibda sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etsa, re-
zervlangan summaga yuqoridagi provodka beriladi, ya’ni: 
 
Debet 8030 – Kredit 9250 
 
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasini, 
agar joriy yilda xabar qilingan zararlarni o‘rganish va unga sug‘ur-
ta qoplamasini to‘lash to‘g‘risidagi qarorni ushbu yilda chiqarish-
ning imkoni bo‘lmagan taqdirda shakllantirish maqsadga muvofiq.
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi su-
g‘urta mukofotlari qaysi valutada to‘langan bo‘lsa, o‘sha valutada 
to‘lanishi belgilangan. 
11.3. Qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda aybdor 
shaxslarga zararni qoplash bo‘yicha qilingan da’volar
bo‘yicha hisob-kitoblar 
Yuqorida ta’kidlanganidek, qayta sug‘urtalash shartnomasi qo-
nunchilikka muvofiq tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish shartno-
masi sifatida qaralishi mumkin va unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta-
lash shartnomasi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan barcha qoida-
lar qo‘llaniladi. Shuning uchun qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘ur-
talanuvchiga qoplab bergan zarar doirasida sug‘urta hodisasida ayb-
dor shaxsga nisbatan zararni undirib olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Qayta sug‘urtalash shartnomasida sug‘urta hodisasini sodir etishda 
aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan da’vo qilishni qayta sug‘urta-
lanuvchi tomonidan zararning o‘ziga tegishli qismi doirasida amalga 
oshirishi mumkinligi yoki qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan ayb-
dor shaxslarga nisbatan da’vo qilinganda qayta sug‘urtalovchining 
ham manfaatlarini hisobga olishi mumkinligi belgilangan bo‘lishi 
mumkin. 
Sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta hodisasini sodir etish-
da aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan sug‘urta zararini undirib 


104 
olish bo‘yicha da’volarning hisobini 4860 schyot “Da’volar bo‘-
yicha olinadigan schyotlar” orqali olib boriladi. Ushbu schyotning 
debet qismida sud tomonidan sug‘urta kompaniyasining foydasiga 
da’volar bo‘yicha undirilgan summalar yoki aybdor uchinchi shaxs-
larning o‘z ixtiyori bilan to‘langan summalar aks ettiriladi va bu 
schyot 9330 schyot ”Undirilgan jarima, penya va ustamalar” bilan 
korrespondensiyalanadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling