Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda aybdor shaxslarga zararni qoplash bo‘yicha qilingan da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar
0.3 * (100000 – 1000) = 29700 so‘m Sug‘urta hodisasining yuz berganligini va zararlarning hajmi aniqlangan taqdirda qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchiga tegishli sug‘urta qoplamasini to‘lab berishi quyidagi provodkalar orqali hisobga olinadi: Debet 2230 – Kredit 6050 Debet 6050 – Kredit 5110 Shu vaqtning o‘zida ushbu summaga quyidagi provodka beri- ladi: Debet 8030 – Kredit 9250 Agar qayta sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta qoplamalari- ning summasi rezervlangan summadan kam bo‘lsa, ushbu farqqa ham yuqoridagi provodka beriladi. 103 Agar sug‘urta hodisasining izchil tekshirish davomida uning su- g‘urta hodisasi sifatida tan olinmasligi yoki qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasiga yoki qonunchilikka muvofiq sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etgan bo‘lsa, qayta sug‘urtalov- chi tomonidan qonunchilik yoki qayta sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etsa, re- zervlangan summaga yuqoridagi provodka beriladi, ya’ni: Debet 8030 – Kredit 9250 Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasini, agar joriy yilda xabar qilingan zararlarni o‘rganish va unga sug‘ur- ta qoplamasini to‘lash to‘g‘risidagi qarorni ushbu yilda chiqarish- ning imkoni bo‘lmagan taqdirda shakllantirish maqsadga muvofiq. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi su- g‘urta mukofotlari qaysi valutada to‘langan bo‘lsa, o‘sha valutada to‘lanishi belgilangan. 11.3. Qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda aybdor shaxslarga zararni qoplash bo‘yicha qilingan da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar Yuqorida ta’kidlanganidek, qayta sug‘urtalash shartnomasi qo- nunchilikka muvofiq tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish shartno- masi sifatida qaralishi mumkin va unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta- lash shartnomasi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan barcha qoida- lar qo‘llaniladi. Shuning uchun qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘ur- talanuvchiga qoplab bergan zarar doirasida sug‘urta hodisasida ayb- dor shaxsga nisbatan zararni undirib olish huquqiga ega bo‘ladi. Qayta sug‘urtalash shartnomasida sug‘urta hodisasini sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan da’vo qilishni qayta sug‘urta- lanuvchi tomonidan zararning o‘ziga tegishli qismi doirasida amalga oshirishi mumkinligi yoki qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan ayb- dor shaxslarga nisbatan da’vo qilinganda qayta sug‘urtalovchining ham manfaatlarini hisobga olishi mumkinligi belgilangan bo‘lishi mumkin. Sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta hodisasini sodir etish- da aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan sug‘urta zararini undirib 104 olish bo‘yicha da’volarning hisobini 4860 schyot “Da’volar bo‘- yicha olinadigan schyotlar” orqali olib boriladi. Ushbu schyotning debet qismida sud tomonidan sug‘urta kompaniyasining foydasiga da’volar bo‘yicha undirilgan summalar yoki aybdor uchinchi shaxs- larning o‘z ixtiyori bilan to‘langan summalar aks ettiriladi va bu schyot 9330 schyot ”Undirilgan jarima, penya va ustamalar” bilan korrespondensiyalanadi: Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling