102
g‘urta qoplamasining to‘langanligi to‘g‘risidagi
xabarni olgandan
so‘ng belgilangan tartibda “Xabar qilingan,
lekin bartaraf etilma-
gan zararlar zaxirasi”ni shakllantirishi mumkin.
Ushbu zaxira
8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”
da hisobga olib boriladi. Ushbu schyot 9250 schyot “Xabar qilin-
gan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi o‘zgarishining nati-
jasi” bilan korrespondensiyalanadi va unda qayta sug‘urtalovchi
tomonidan to‘lanadigan sug‘urta qoplamalari aks ettiriladi:
Debet 9250 – Kredit 8030
Ushbu zaxiraning hajmi to‘lanishi kutilayotgan sug‘urta qop-
lamalarining summasi bilan aniqlanadi. Sug‘urta zararining hajmi
arizada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ushbu provodka maksimal summa-
ga amalga oshiriladi.
Masalan, 100000 so‘m tovarlar saqlanuvchi ombor sug‘urta-
langan bo‘lib, undagi qayta sug‘urtalovchining ulushi 30% ni tash-
kil etadi. Omborga yong‘in tushganligi to‘g‘risida xabar kelgan taq-
dirda, zararning hajmi noaniq bo‘lsa, yuqoridagi provodka quyida-
gi summaga beriladi:
0.3 * 100000 = 30000 so‘m
Agar sug‘urta shartnomasida 1000 so‘mlik
shartsiz franshiza
nazarda tutilgan bo‘lsa, provodka quyidagi summaga beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: