Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

shakllantirish 
 
“Pro Rata Temporis” usuliga muvofiq ishlab topilmagan su-
g‘urta mukofotlari zaxirasi har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
hisobot sanasiga o‘tmagan muddatiga proporsional ravishda hi-
soblanadi. Ishlab topilmagan sug‘urta mukofoti, sug‘urta shartno-
masi o‘tgan muddatining amal qilish muddatiga nisbati orqali 
aniqlangan kattalikka bazaviy sug‘urta mukofotini ko‘paytirish aso-
sida aniqlanadi va quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
M
M
N
M
ITM
b


*


112 
Bunda: 
ITM – ishlab topilmagan mukofot; 
M
b
– bazaviy sug‘urta mukofoti; 
N – shartnomaning amal qilish muddati (kunda); 
M – sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng hisobot sa-
nasiga bo‘lgan kunlar soni. 
Ishlab topilmagan sug‘urta mukofotining hisoblanishini misol 
asosida ko‘rib chiqamiz. 
Bir ishlab chiqaruvchi korxona yong‘in holatidan sug‘urta qi-
lindi. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta tashkilotiga 545 so‘m 
sug‘urta mukofoti kelib tushdi. Mazkur shartnoma bo‘yicha ko-
mission siylovlar 10%, ya’ni 54.5 so‘mni tashkil etadi. Sug‘urta tash-
kiloti sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda 
oldini olish chora-tadbirlari zaxirasini shakllantirish va undan foy-
dalanish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqadi. Masalan, Nizomda 
ushbu zaxiraga ajratma 20% miqdorida belgilangan bo‘lsin. Bun-
dan ko‘rinadiki, ushbu zaxiraga sug‘urta mukofotidan 109 so‘m aj-
ratiladi.
Yuqoridagilar asosida ishlab topilmagan sug‘urta mukofotlari 
zaxirasini hisoblash bazasi quyidagicha aniqlanadi: 
545 – 54.5 – 109 = 381.5 so‘m 
Sug‘urta shartnomasi 9 oy, 2-mart soat 00.00 dan 1-dekabr so-
at 24.00gacha bo‘lgan muddatga tuzilgan va shartnomaning umu-
miy amal qilish muddati 275 kunni tashkil etadi. 
1-aprel holatida ushbu shartnoma 30 kun amal qildi. 1-aprel 
holatiga ishlab topilmagan sug‘urta mukofoti quyidagicha hisob-
lanadi: 
275
)
30
275
(
*
5
,
381

Yuqoridagi hisob-kitoblar barcha muddati hisobot davridan 
tashqariga chiquvchi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblanib
quyidagi 5-jadval asosida hisoblanishi mumkin. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling