Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
Debet 8040 – Kredit 6011
Ushbu zaxiralarni shakllantirishda yuqoridagi provodkalar za- xiralarga ajratiladigan summalarga beriladi. Oldini olish chora-tad- birlari zaxirasi yil boshidagi zaxira summasi va hisobot yilida ajra- tilgan ajratmalar yig‘indisi hamda ushbu davrda qilingan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi sug‘urtalovchi tomonidan belgilanadi va oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Nizomda belgilanadi. Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasini sarflash yo‘nalishlari sifatida quyidagi- larni misol sifatida keltirish mumkin: − yong‘in xavfsizligi depolarining qurilish va rekonstruksiyasi; − yong‘inga qarshi uskuna va mashinalarni sotib olish; − yong‘inga qarshi signalizatsiyani takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish; − yong‘inga qarshi quriladigan suv hovuzlarini takomillashti- rish chora-tadbirlarini moliyalashtirish; − avtotransport vositalarining texnik holatini tekshiruvchi dav- lat avtomobil nazorati tashkilotlarining stansiyalarini qurish va re- konstruksiya qilish; − yo‘l-transport hodisalarining oldini olish vositalari va usku- nalarini sotib olish; − aholining sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha amalga oshriladigan sanitar-gigiyena chora-tadbirlarini moliyalashtirish; − baxtsiz hodisalar, sug‘urtalangan mulkning shikastlanishi yo- ki zararlanishining oldini olish bilan bog‘liq boshqa chora-tadbir- larni moliyalashtirish. Sug‘urta tashkiloti Nizomda ko‘rsatilgan boshqa maqsadlarda ham ushbu zaxira mablag‘larini sarflashi mumkin. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, oldini olish chora-tadbir- lari zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘- ri sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha olingan majburiyatlarni ba- jarish bilan bog‘liq emas. Ushbu zaxira mablag‘lari sug‘urta hodisasi oqibatida yetishi mumkin bo‘lgan zararlarning hajmini kamaytirish yoki uning oldini olish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda sarflanadi. Shuning uchun ushbu zaxira sug‘urtalovchi tomonidan mustaqil 109 ravishda shakllantiriladi. Mazkur zaxiraning shakllanishida qayta sug‘urtalovchi ishtirok etmaydi. Sug‘urtalovchi qayta sug‘urtaga sug‘urta mukofotlarini o‘tkazayotganda undan ushbu zaxiraga ajratiladigan ajratmalarni chegirib qoladi. Yuqorida keltirilgan holatni quyidagi misol bilan izohlash mum- kin: Sug‘urta kompaniyasi avtotransport vositasini sug‘urtalash shart- nomasini tuzdi. Sug‘urta mukofoti 180 so‘mni tashkil etadi. Su- g‘urta tarifida oldini olish chora-tadbirlari zaxirasiga 10% ajratma- ni amalga oshirish belgilangan, ya’ni 18 so‘m. Keyinchalik ushbu sug‘urta shartnomasi bo‘yicha javobgarlik- ning 50%i qayta sug‘urtaga o‘tkazildi. Bunda qayta sug‘urtaga be- rilgan sug‘urta mukofoti 180 / 0.5 = 90 so‘m emas, balki (180-18) * 0.5 = 81 so‘mni tashkil etadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling