Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

 


106 
 
 
 
XII bob. OLDINI OLISH (OGOHLANTIRISH) CHORA-
TADBIRLARI ZAXIRASINI SHAKLLANTIRISH
TARTIBI VA UNI HISOBGA OLISH 
12.1. Sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish chora-
tadbirlarini moliyalashtirish
Ma’lumki, sug‘urta shartnomalari sug‘urta hodisasi yuz bergan 
taqdirda sug‘urtalanuvchiga yetgan zararni qoplab berish maqsa-
dida tuziladi. Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburi-
yatlarini qonunchilikka muvofiq ta’minlash maqsadida maxsus 
zaxiralarni shakllantirishi mumkin.
Sug‘urta tashkiloti tijorat tashkiloti bo‘lganligi sababli, to‘la-
nayotgan sug‘urta qoplamalarining hajmini tobora kamaytirishga 
harakat qiladi. Masalan, yong‘in sodir bo‘lganda zararning hajmi 
ushbu obyektning yong‘in xavfsizligi xizmati joylashgan joydan 
qancha uzoqlikda joylashganiga bog‘liq bo‘lishi odatiy holdir. Su-
g‘urta tashkilotlari sug‘urta oqibatida yetgan zararlarni kamayti-
rish maqsadida odini olish chora-tadbirlari zaxirasini tashkil eta-
dilar. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 15-de-
kabrda 1882-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Sug‘urtalov-
chilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida Nizom”ning 26-bandiga 
muvofiq oldini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxirasi baxtsiz ho-
disalar, sug‘urtalangan mulkning shikastlanishi yoki zararlanishini 
oldini olish, shuningdek, oldini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxi-
rasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan maqsadlarda sarflanadi. Ol-
dini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxirasi sug‘urtalovchi tomoni-
dan tasdiqlanadi. Oldini olish chora-tadbirlari sug‘urta zaxirasi brut-
to-mukofotdan qilinadigan foizli ajratmalar evaziga shakllantirila-
di. Sug‘urta tarifida ushbu zaxiralarga ajratiladigan ajratmalar hi-
sobga olinadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, oldini-olish cho-
ra-tadbirlari sug‘urtalangan obyektlarning sug‘urta hodisasi oqiba-
tida zararlanishini kamaytirish maqsadida shakllantiriladi va uning 
hisobidan oldini olish chora-tadbirlari moliyalashtiriladi.


107 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling