Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

 
 
 
 
 


98 
 
 
 
XI bob. QAYTA SUG‘URTAGA QABUL QILINGAN
RISKLAR BO‘YICHA TO‘LANGAN SUG‘URTA 
QOPLAMALARINI HISOBGA OLISH 
11.1. Qayta sug‘urtaga qabul qilingan risklar bo‘yicha
hisob-kitoblar 
Ushbu mavzuda qayta sug‘urtalovchi tomonidan qabul risklar 
bo‘yicha qayta sug‘urtalanuvchiga zararlarning tegishli ulushlarini 
qoplash bo‘yicha hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobida aks et-
tirishni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, odatda, qayta sug‘urtalash shartnomasiga asosan 
qayta sug‘urtalanuvchining qaroriga asosan qayta sug‘urtalovchi 
o‘ziga tegishli sug‘urta zararini qoplash majburiyatini oladi. Qayta 
sug‘urtalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
vujudga kelgan zararning qayta sug‘urtalovchiga tegishli qismini 
qayta sug‘urtalovchiga ariza bilan murojaat etib unga quyidagi huj-
jatlar belgilangan tartibda tasdiqlanib, ilova qilinishini talab etadi: 
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash shartnomasining nusxasi; 
− sug‘urta hodisasining yuz berganligini tasdiqlovchi hujjat-
larning nusxalari; 
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urta 
qoplamasining to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari. 
− Qayta sug‘urtalovchi quyidagi hollarda sug‘urta qoplama-
sini to‘lashni rad etishi mumkin: 
− qayta sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasini yetarli darajada 
o‘rganmagan, ya’ni sug‘urta hodisasining yuz berish sabablari, uning 
xarakteri, sug‘urta zararining hajmi va boshqalar; 
− qayta sug‘urtalanuvchining sug‘urta hodisasini sodir etgan-
likda aybdor uchinchi shaxslardan zararni undirish huquqidan voz 
kechgan yoki qayta sug‘urtalanuvchining aybi bilan uchinchi shaxs-
dan sug‘urta qoplamasini undirish imkoniyatining yo‘qotilishi; 
− qayta sug‘urtalanuvchi uchinchi javobgar shaxslardan su-
g‘urta zararining hajmini undirgan taqdirda. 


99 
Agar qayta sug‘urtalovchining ma’lum bir risk turi bo‘yicha ulu-
shi qayta sug‘urtalanuvchining ulushidan ko‘p bo‘lsa, qayta sug‘urta 
shartnomasida sug‘urta hodisasi yuz berganda, qayta sug‘urtalov-
chining qayta sug‘urtalanuvchining sug‘urta hodisasini tekshirish 
jarayonida ishtirok etishi va hatto sug‘urta hodisasining qayta su-
g‘urtalovchi tomonidan o‘rganilishi belgilanishi mumkin. Bunday 
hollarda qayta sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasining yuz berish sa-
bablari, xarakteri va sug‘urta zarari hajmini aniqlash bo‘yicha cho-
ra-tadbirlarni o‘zi amalga oshiradi.
Qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta shartnomasi amalda bo‘l-
gan vaqtda sodir bo‘lgan sug‘urta hodisasi bo‘yicha hatto sug‘urta 
mukofoti qayta sug‘urta shartnomasi tugagandan so‘ng to‘langan 
taqdirda ham, qayta sug‘urtalanuvchiga o‘z ulushini qoplab beri-
shi zarur.
Qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta-
lash shartnomasi asosida to‘lanadigan sug‘urta qoplamasidagi qay-
ta sug‘urtalovchining ulushini qoplash bilan bog‘liq operatsiyalar 
2230 schyot “Qayta sug‘urta qilishga qabul qilingan risklar bo‘yi-
cha sug‘urta tovonlari”da hisobga olib boriladi. Mazkur schyotda 
hisoblangan sug‘urta qoplamalari hisobga olinadi va 6050 “Qayta 
sug‘urta qilish bo‘yicha olingan risklar bo‘yicha to‘lanadigan schyot-
lar” bilan korrespondensiyalanadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling