Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 4830 – Kredit 9530 
 
Qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan depo mukofotlarining va 
unga hisoblangan daromadlarning qayta sug‘urtalovchi hisobiga o‘t-
kazilishi bilan uning qayta sug‘urtalovchi oldidagi qarzdorligi yo-
piladi. Qayta sug‘urtalovchi depo mukofotlar va ular bo‘yicha da-
romadlarni olganidan so‘ng quyidagi provodkani amalga oshirish 
orqali ushbu operatsiyani rasmiylashtiradi: 
 
Debet 5110 (5210) – Kredit 4830 
 
 
Obligatorli qayta sug‘urtalashda ham qayta sug‘urtaga qabul qi-
lingan risklar bo‘yicha sug‘urta mukofotlari shunga o‘xshash tarz-
da hisobga olinadi.
Qayta sug‘urtalanuvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash shart-
nomasini tuzganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng qayta su-
g‘urtalovchi quyidagi yozuvlarni amalga oshirishi mumkin: 
Debet 4050 – Kredit 6270 
 


96 
Ushbu provodka qayta sug‘urtalovchining sug‘urta mukofoti-
dagi ulushi summasiga beriladi. Bu shartnomaga muvofiq qayta 
sug‘urtalovchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri riskni o‘z zimmasiga olishi va 
qayta sug‘urtalanuvchining ushbu riskni qayta sug‘urtaga berishi 
belgilanganligi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, qayta sug‘urta mukofotining summasi yuqorida 
ta’kidlanganidek, komission mukofotlar summasiga kamaytiriladi: 
Debet 6080 – Kredit 4050 
 
Agar qayta sug‘urta shartnomasida depo mukofotlar bo‘yicha 
daromadlar to‘lanishi nazarda tutilagan bo‘lsa, ushbu summaga 
quyidagi provodka beriladi: 
Debet 4830 – Kredit 9530 
 
Pul mablag‘larining to‘lanishi bilan qayta sug‘urtalanuvchining 
qarzdorligi quyidagi provodka bilan yopiladi: 
Debet 5110 (5210) – Kredit 4830 
 
Hisobot davri oxirida 6270 “Qayta sug‘urta qilish shartnoma-
lari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari” schyotining kredit tomonidagi 
qoldig‘i debet bo‘yicha 9030 “Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan 
daromadlar” schyotining kreditiga o‘tkaziladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling