96
Ushbu provodka qayta sug‘urtalovchining sug‘urta
mukofoti-
dagi ulushi summasiga beriladi. Bu
shartnomaga muvofiq qayta
sug‘urtalovchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri riskni o‘z zimmasiga olishi va
qayta sug‘urtalanuvchining ushbu riskni qayta sug‘urtaga
berishi
belgilanganligi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, qayta sug‘urta mukofotining summasi yuqorida
ta’kidlanganidek, komission mukofotlar summasiga kamaytiriladi:
Debet 6080 – Kredit 4050
Agar qayta sug‘urta shartnomasida depo mukofotlar bo‘yicha
daromadlar to‘lanishi nazarda tutilagan bo‘lsa,
ushbu summaga
quyidagi provodka beriladi:
Debet 4830 – Kredit 9530
Pul mablag‘larining to‘lanishi bilan qayta sug‘urtalanuvchining
qarzdorligi quyidagi provodka bilan yopiladi:
Debet 5110 (5210) – Kredit 4830
Hisobot davri oxirida 6270 “Qayta sug‘urta qilish shartnoma-
lari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari” schyotining kredit tomonidagi
qoldig‘i debet bo‘yicha 9030 “Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan
daromadlar” schyotining kreditiga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: