O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
Download 0.5 Mb.
|
tamirlash bazlarini loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 5K-19KEM talabasi Majidov R. F. Tekshirdi: Ta’mirlash bazalarini loyihalash Reja
- Taʼmirlash bazalarini strukturasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI ,, KONCHILIK ELEKTR MEXANIKASI ’’ KAFEDRASI ,, KON ELEKTROMEXANIK USKUNALARNI ISHLATISH VA TA'MIRLASH’’ FANIDAN MUSTAQIL ISH Bajardi: 5K-19KEM talabasi Majidov R. F. Tekshirdi: Ta’mirlash bazalarini loyihalash Reja: Taʼmirlash bazalarini strukturasi Taʼmirlash baʼzalarini tasnifi Taʼmirlash bazalarini loyixalash asoslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Taʼmirlash bazalarini strukturasi Kon korxonalarida ko’p sonli kon va transport mashinalarini ko’llanishi, shu korxonalar uchun xar xil turdagi taʼmirlash bazalarini tashkil etishni daʼvat qiladi: garaj, depo, taʼmirlash-mexanik ustaxonalari, maxsus avtoagdargichlarni, ekskavatorlarni, elektrovozlarni va boshqa mashina-mexanizmlarni taʼmirlovchi zavodlar. Taʼmirlash bazalari ikki xil bo’ladi: korxonaning shaxsiy taʼmirlash bazasi – u shu kon korxonasining doirasida joylashgan bo’lib, faqat o’zini uskunalariga texnik xizmat ko’rsatadi, va maʼlum rayonda joylashgan taʼmirlash bazasi, bu baza shu xududdagi bir necha kon korxona uskunalariga texnik xizmat ko’rsatadi. Shaxsiy taʼmirlash bazalari uzida taʼmirlash markaziy elektromexanik ustaxonasini (TsEMM), vagon-taʼmirlovchi punkt, elektrovozlarni taʼmirlovchi depo, vagonlarni taʼmirlovchi depo, avtotaʼmirlovchi ustaxonalarni birlashtiradi. Bir gurux kon korxonalariga texnik xizmat kursatuvchi taʼmirlash bazasi uziga: ekskavator-vagonlarni taʼmirlovchi aralash ustaxona, elektrovoz taʼmirlovchi korxona, maxsus avtomobil, vagon, elektrovoz, ekskavator, tegirmon (drobilka) uskunalari, traktor va avtomobil dvigatellari, rudaremont zavodi (RRZ), taʼmirlash tresti zavodlarini birlashtiradi. Kon korxonalarning xar xil tarmoklarida ishlab-chiqarish va kon ishlarini tashkil qilish taʼmirlash bazalarini barpo etishga taʼsir qiladi. Uskunalarni ishlatish uchastkalarga (burgulash, ekskavator, transport va x.k.) bulingan ruda karьerlarida ko’prok shu uskunalar uchun uzining taʼmirlash uchastkalarini, bunday uchastkalarga bulinmaydigan kumir razrezlarida fakat transport taʼmirlovchi taʼmirlash bazalari tashkil qilinadi. Ko’prok universallashgan karyerlarning shaxsiy taʼmirlash bazalari – tamirlash-mexanik ustaxonalarida xamma turdagi texnik xizmatlar, burgilash mashinalarini, ekskavatorlarni, buldozer va boshqa mashinalarni joriy baʼzasida esa mukammal (kapital) taʼmirlanadi. Ustaxonalarda, shuningdek zaxira qismlar, asboblar, moslamalar xam ishlab chiqariladi. Taʼmirlash-mexanik ustaxonalarini tarkibiga quyidagi kichik bulinmalar: slesar-mexanik, payvandlash, kuznitsa, elektrotaʼmirlash, asbobxona (instrumentalnoe), zaxira qismlar va materiallar uchun omborxona, maishiy xizmat (bitovoe) xonasi kiradi. Kon korxonalarining vagon xujaligi taʼmirlash bazalari uziga zavod ustaxonalari, depo va taʼmirlash maydonlarini mujasamlashtiradi. Zavod ustaxonalarida vagonlarni rejali taʼmirlash, shuningdek poezdlar avariyasi sodir bulganda tiklash ishlari olib boriladi. Vagon depolari vagonlarni rejali taʼmirlashni bajaradi. Baʼzi xollarda korxonalar depoda zavoddagi taʼmirlash ishlarini bajaradilar. Oxirgi yillarda dumpkarlarni maxsus taʼmirlovchi korxonalar bajarishadi. Ochik taʼmirlash maydonlarida joriy pardozlash ishlari olib boriladi. Poezdlarni taʼmirlovchi depolar quyidagi bulinmalarni uz ichiga oladi: slesarxona, mexanik sex, kuznets – issikxona, elektrtaʼmirlash, elektr va gaz payvandlash bo’limi, yuvish bo’limi, asboblarni beruvchi (kladovaya) xona, kompressor stantsiyasi, material va zaxira kism omborxonasi, maishiy xizmat va ITXlar xonasi. Аvtotaʼmirlash va avtotraktor ustaxonalarida xamma texnik xizmatlar, joriy, baʼzada avtoagdargichlarni mukammal, buldozer, skreper va boshqa mashinalarga texnik xizmat kursatiladi. Bu ustaxonalar uz ichiga quyidagi bulimlarni: slesarxona, mexanikxona, yokilgi apparatlari, kuznetsxona, elektr va gaz payvandlash, akkumulyatorxona, kamera yamashxona, va shino yigishxona, yuvish xonasi, kompressor bo’limi, asboblarni saklab tarkatuvchi xona, zaxira kismlar va materiallar ombori, transformator podstantsiyasi, maishiy xonalarni oladi. Ruda konlarida taʼmirlash ishlarini maxsus taʼmirlash korxonalari bajaradi, ular zarur bulgan kutarish – tashish va taʼmirlash uskunalariga va ishlarni bajaruvchi ishchi xamda ITX larga ega buladilar. Yirik karьer uskunalari (rotorli ekskavatorlar, agdarmatashkil etuvchilar, draglayn va boshqalar) bevosita ishchi maydonlarida taʼmirlanadilar. Ularning detallari (strela, rama, korpus va boshqalar) taʼmirlash bazalarida yoki bevosita joyida tiklanadi. Taʼmirlash zavodlari uzining tarkibida quyidagi: kuyish, kuznitsa, termicheskiy (xarorat), metalkonstruktsiyalar, mexanik, ekskavator, elektrovoz, vagon va elektr taьmirlash sexlarni birlashtiradi. Bulardan tashkari ekskavatorlarni, burgilash stanoklarini, vagon, avtoagdargich, buldozer va boshqalarni taʼmirlovchi maxsuslashtirilgan zavodlar xam mavjud. Ularning afzalligi – taʼmirlash korxonasini maxsus zamonaviy uskunalar bilan jixozlash xisobiga xamda yukori malakali ishchilar yordamida yukori sifatli taʼmirlash, shuningdek taʼmirlash uchun zarur kismlarni uz vaqtida yetkazib berish va x.k. Oxirgi vaktlarda taʼmirlash trestlari faoliyat kursatmokda, ular uz tarkiblariga taʼmirlash zavodlari va uchastkalarini olganlar. Ular birnechta karьerning xar xil uskunalariga texnik xizmat kursatadilar. Taʼmirlash korxonalarini loyixalash yoki qayta ko’rish ishlari loyixalashga kon – korxonalaridan tushgan arizalar asosida bajariladi va unda nomenklatura va taʼmirlanuvchi yoki yil davomida tayyorlanishi kerak bulgan obʼektlar soni, ularni ulchamlari, xili, massasi, shuningdek yil davomida chikazilgan maxsulotning soni, xarkaysi obʼektni narxi va yil davomida chiqazilgan maxsulotlarining umumiy qiymati ko’rsatiladi. Kurish Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling