93
Qayta sug‘urtalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta
shartnoma-
sini tuzishda va uning muddati davomida
bir qancha xarajatlarni
amalga oshiradi:
− sug‘urta shartnomalarini tuzganligi uchun sug‘urta agentlari
va brokerlariga komission mukofotlarni to‘lash;
− mol mulkning haqiqiy qiymatini aniqlash maqsadida ko‘rib
chiqish va ekpertlarni jalb qilish;
− sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchini
almashtirish bilan
bog‘liq xarajatlar;
− sug‘urta riskining oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarning
o‘zgarishi natijasida sug‘urta shartnomasini qayta rasmiylashtirish;
− sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan
huquqlarning boshqa
shaxsga o‘tishi va shunga o‘xshash hodisalar oqibatida sug‘urta
shartnomasini qayta rasmiylashtirish;
− sug‘urtalanuvchining sug‘urta hodisasi oqibatida yetgan za-
rarni qoplash maqsadida bergan arizasi;
− sug‘urta hodisasining yuz berish sabablari, uning yetkazgan
zararlar hajmini aniqlash bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan xarajatlarni ma’lum darajada qoplash maq-
sadida qayta sug‘urtalash shartnomasida sug‘urta
mukofotiga nis-
batan foiz hisobida komission mukofotlarni to‘lash
tartibi keltiri-
ladi. Qayta sug‘urta bo‘yicha qabul qilingan sug‘urta risklari bo‘yi-
cha komission mukofotlar 32 schyot “To‘langan
brokerlik va ko-
mission siylovlari, tantyema va yig‘imlar”da hisobga olib boriladi.
Ma’lumki, komission mukofotlar qayta sug‘urtalanuvchi to-
monidan olib qolinishi mumkin. Shuning
uchun yuqorida beril-
gan
Debet 4050 – Kredit 6270
provodkasidan so‘ng
Debet 4051 – Kredit 4050
provodkasini komission mukofotlar summasiga berish mumkin.
Hisoblangan qayta sug‘urtalash mukofotlarining qayta sug‘ur-
talovchiga o‘tkazilib berilishi quyidagi
provodka orqali amalga
oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: