Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 6920 – Kredit 4060
 
provodkasi quyidagi tartibda aniqlangan summaga amalga oshi-
riladi: 
365
.
100
*
*
N
I
SV
SV

Bunda: 
SV – qayta sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta 
qoplamasi summasi; 
I – qayta sug‘urtaga berilgan risklar bo‘yicha qayta sug‘urta-
lanuvchida depo mukofot sifatida qoldirilgan summalarga hisobla-
nadigan yillik daromad normasining foizdagi ifodasi; 
N – deponent qilingan muddat. 
O‘zaro hisob-kitoblarning bunday tartibi sug‘urta mukofotla-
rini bosqichma-bosqich to‘lashni nazarda tutuvchi fakultativ 
qayta sug‘urtalash shartnomalari va belgilangan davrda qabul 
qilingan 
risklarning 
ma’lum 
qismini 
qayta 
sug‘urtaga 
o‘tkazilishida sug‘urta mukofotining davriy ravishda to‘lanishini 
nazarada tutuvchi obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomalarida 
ko‘rsatilishi lozim.


89 
Yuqorida keltirilgan barcha provodkalar sug‘urtalovchi va qay-
ta sug‘urtalovchilarning o‘zaro hisob-kitob dalolatnomalari asosi-
da amalga oshiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9070 “Qayta sug‘urta qilish va retro-
tsessiyaga berilgan risklar bo‘yicha zararlar ulushining qoplanishi 
bo‘yicha daromadlar” schyotning kredit tomonidagi qoldig‘i debeti 
bo‘yicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga 
o‘tkaziladi. 
 
Debet 9070 – Kredit 9910. 
9.2. Qayta sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslardan zararni undirish 
huquqidan foydalangan taqdirda qayta sug‘urtalovchi bilan yuzaga 
keladigan munosabatlarni hisobga olish 
Qonunchilikka muvofiq mulkiy sug‘urta shartnomasida bosh-
qacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluv-
chi) ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxs-
dan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta qoplama-
sini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Xuddi shunday huquqqa qayta 
sug‘urtalanuvchining zararlarini qoplab bergan qayta sug‘urtalovchi 
ham ega.
Sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishida aybdor shaxslarga nis-
batan zararni qoplash da’vosini hisobga olish 4860 schyot “Da’vo-
lar bo‘yicha olinadigan schyotlar” orqali amalga oshiriladi. Maz-
kur schyotning debet tomonida sud tomonidan sug‘urtalovchiga 
to‘lab berilishi belgilangan zararlar summasi yoki aybdorligini tan 
olib sug‘urta zararini qoplab berishni bildirgan shaxslardan olina-
digan summalar ko‘rsatiladi. Ushbu schyot 9330 schyot “Undiril-
gan jarima, penya va ustamalar”ning krediti bo‘yicha korrespon-
densiyalanadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling