Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
85 Nazorat savollari 1. Qayta sug‘urtalash deganda nimani tushunasiz? 2. Qayta sug‘urtalash shartnomasining qanday turlari mavjud? 3. Qayta sug‘urtalash qanday shakllarda amalga oshiriladi? 4. Fakultativ va obligatorli qayta sug‘urtalashning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 5. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomalarining qanday turlarini bilasiz? 6. Fakultativ qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha su- g‘urta mukofotlarini hisobga olish qanday amalga oshiriladi? 7. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha su- g‘urta mukofotlarini hisobga olish qanday amalga oshiriladi? 8. Fakultativ qayta sug‘urtalash shartnomalarining bosqichma- bosqich to‘lanishini hisobga olish tartibini tushuntirib bering. 9. Deponentlangan sug‘urta mukofotlari hisobda qanday aks ettiriladi? 86 IX bob. QAYTA SUG‘URTAGA BERILGAN RISKLAR BO‘YICHA OLINGAN SUG‘URTA QOPLAMALARINI HISOBGA OLISH 9.1. Qayta sug‘urta berilgan risklar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Ma’lumki, qayta sug‘urtalash amalga oshirilganda, sug‘urta- lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘ur- talanuvchining oldida javobgar bo‘lib qolaveradi. Qayta sug‘urta- lash shartnomasiga ko‘ra qayta sug‘urtalovchi sug‘urta zararini qoplash bilan bog‘liq zararning bir qismini, ya’ni shartnomada belgilangan ulushda qoplab berishi lozim. Ushbu qoplamani olish uchun sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta- lanuvchi) qayta sug‘urtalovchiga bergan arizasiga quyidagilarni ilova qilgan holda jo‘natadi: − belgilangan tartibda tasdiqlangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalarining nusxalari (sug‘urta polisi, kvitansiya, ma’lu- motnoma, sertifikat yoki boshqalar); − sug‘urta hodisasining yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar (sug‘urta dalolatnomasi, unga tegishli idoralarning ma’lumotno- malari ilova qilinadi, sug‘urta hodisasining yuz berganligini va sabablarini, zarar hajmini tasdiqlovchi hujjatlar); − to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qop- lamalarining to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar. Qayta sug‘urtalash shartnomalarida shu narsa ko‘rsatilishi za- rurki, qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchining sug‘urta ho- disasini tekshirish va sug‘urta qoplamasini to‘lash bilan bog‘liq qa- rorlariga amal qiladi. Shuning uchun qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta hodisasini qaytadan tekshirishi mumkin bo‘lmaydi va o‘z zimmasiga olgan majburiyatning tegishli qismi bo‘yicha sug‘urta qoplamasini qayta sug‘urtalanuvchiga to‘lab berishi shart. Mazkur holat agar qayta sug‘urtalovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartno- malari bo‘yicha sug‘urta hodisasini izchil o‘rgangan va sug‘urtala- 87 nuvchi javobgar shaxslardan sug‘urta zararini undirish huquqidan voz kechmagan va qoplama olmagan taqdirda qo‘llaniladi. Qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan su- g‘urta qoplamasi qayta sug‘urtalash shartnomasi amal qilish mud- dati tugagandan so‘ng to‘langan bo‘lsa ham o‘ziga tegishli sug‘ur- ta qoplamasini qayta sug‘urtalanuvchiga to‘lab berishi shart. Qayta sug‘urtalanuvchi qayta sug‘urta bo‘yicha olingan sug‘urta qoplamalarining hisobini 9070 schyot “Qayta sug‘urta qilish va re- trotsessiyaga berilgan risklar bo‘yicha zararlar ulushining qoplani- shi bo‘yicha daromadlar” orqali olib borish maqsadga muvofiq hi- soblanadi. Qayta sug‘urtalovchidan olinadigan hisoblangan sug‘urta tovoni summasiga 4060 “Qayta sug‘urta qilishga berilgan risklar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bo‘yicha 9070 “Qayta sug‘urta qilish va retrotsessiyaga berilgan risklar bo‘yicha za- rarlar ulushining qoplanishi bo‘yicha daromadlar” schyotining kre- diti bilan bog‘langan holda, yozuv amalga oshiriladi. Qayta sug‘ur- taga berilgan risklar bo‘yicha sug‘urta qoplamalarini hisobga olish quyidagi provodkalar orqali amalga oshiriladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling