Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Nazorat savollari 
1. Qayta sug‘urtaga berilgan risklar bo‘yicha hisob-kitoblar qan-
day amalga oshiriladi? 
2. Qoplamani olish uchun sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtala-
nuvchi) qayta sug‘urtalovchiga bergan arizasiga qanday hujjatlarni 
ilova qilishi zarur? 
3. Qayta sug‘urtaga berilgan risklar bo‘yicha sug‘urta qopla-
malari buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
4. Qanday hollarda qayta sug‘urtaga berilgan risklar bo‘yicha 
qayta sug‘urta mukofotlari deponentlangan hisoblanadi? 
5. Qayta sug‘urtalovchining ulushlari bo‘yicha sug‘urta qopla-
malari qanday mablag‘lar hisobidan qoplanishi mumkin? 


91 
6. Depo mukofotlarga hisoblangan daromadlar, qoplamalarni 
qoplashga yo‘naltirilishi mumkinmi? 
7. Qayta sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslardan zararni undi-
rish huquqidan foydalangan taqdirda, qayta sug‘urtalovchi bilan 
yuzaga keladigan munosabatlar qanday hisobga olinadi? 
8. Retrotsessiya va qayta sug‘urtalashga berilgan risklar bo‘yicha 
olingan zarar ulushlari qoplamasi hisobda qanday aks ettiriladi? 
 


92 
 
 
 
X bob. QAYTA SUG‘URTAGA QABUL QILINGAN
RISKLAR BO‘YICHA SUG‘URTA MUKOFOTLARINI 
HISOBGA OLISH 
 
10.1. Qayta sug‘urtaga qabul qilingan risklar bo‘yicha
hisob-kitoblar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish cho-
ra-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli Qarori asosida tasdiqlangan 
“Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini 
litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq sug‘urta va qayta su-
g‘urta operatsiyalarini amalga oshirish uchun sug‘urta tashkiloti max-
sus vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo‘lishi lozim. Agar 
sug‘urta kompaniyasi faqat qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga 
oshirish uchun ixtisoslashsa, uning Nizom kapitali hajmi 3 mln. 
AQSh dollari ekvivalentidagi summadan kam bo‘lmasligi zarur. De-
mak, har qanday sug‘urta tashkiloti qayta sug‘urtalovchi yoki qayta 
sug‘urtalanuvchi sifatida sug‘urta munosabatlarini amalga oshirishi 
mumkin. Qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus 
litsenziyaning talab etilmasligi, sug‘urta bozori ishtirokchilari uchun 
ortiqcha majburiyatlarni qayta sug‘urtaga o‘tkazish imkoniyatini be-
radi.
Qayta sug‘urtalovchining buxgalteriya hisobida qayta sug‘urta 
bo‘yicha qabul qilingan risklar bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining 
hisobi 6270 schyot “Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlari”da hisobga olinadi. Mazkur schyotning kre-
diti 4050 schyot “Qayta sug‘urta qilish bo‘yicha qabul qilingan risk-
lar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan korres-
pondensiyalangan holda qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan hisob-
langan va qayta sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilinadigan su-
g‘urta risklari ko‘rsatiladi. Shunga muvofiq ravishda qayta sug‘ur-
talash shartnomasi tuzilgandan so‘ng sug‘urta mukofoti summa-
siga quyidagi provodkani berishi mumkin: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling