Mavzu: Sug'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari


Download 39.44 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi39.44 Kb.
#1626676
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sug\'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari

Mavzu: Sug'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari


MUNDARIJA







KIRISH




I BOB

Adabiyotlar tahlili




II BOB

Sho’r tuproqlar







Sho’r tuproqlar turlari hamda xususiyatlari







Sho’rtob va sho’rtoblangan tuproqlar klassifikatsiyasi va tarqalishi hamda melioratsiyalash usullari.







Xulosa







Ilova







Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish.
Mavzuning dolzarbliligi. Sug’orish, irrigatsiya-tuproqni manbalardan olingan suv bilan sun’iy sug’orish, melioratsiyaning bir turi. Sug’orish tuproqning o’simlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa o’simliklarning tuproqdan oziq moddalar, mineral va organik o’g’itlarni o’zlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Bu borada yuqori malakali tuproqshunoslik mutaxassislarni tayyorlashda tuproq qonuniyatlari hamda gidrogeologik jarayonlarni bilishning ahamiyati katta. Bo’lajak mutaxassislar tomonidan tabiiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni chuqur anglab yetishi, tabiiat qonuniyatlarini chuqur bilishini, shuningdek, tuproq hamda suv resurslarini tejab-tergab, oqilona foydalanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur.


O‘zbekistonda jami 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarning 44,7 foizi har xil darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha, 1,9 foizi esa kuchli sho‘rlangani aytiladi.
“Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tizimli tashkil etishga, ularning sifati va suv iste'molini nazorat qilishga yetarli e'tibor berilmayapti. Natijada, agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘rini yuvishda, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ko‘pchilik tumanlarida agrotexnika qoidalari va muddatlari qo‘pol ravishda buzilib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilmoqda, sho‘r yuvish ishlarining samarasi esa pastligicha qolmoqda.
Qurg’oqchil mintaqalarda joylashgan respublikamiznig turli xil tabiiy-xo’jalik sharoitlariga ega bo’lgan va hozirgi suv taqchilligi kuchayib borayotgan hududlarida sug’orish melioratsiyasi tadbirlarining asoslarini o’rganish talab etiladi. Ulardan tashqari, respublikamizda 2,5 mln/ga yaqin yerlar turli darajada sho’rlangan yoki sho’rlanish va botqoqlanishga moyil yerlarni tashkil etadi, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, zax qochirish va sho’rlanishga qarshi kurashishning ilmiy, texnik asoslariga tayangan holda kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (Toshkent, «O‘zbekiston, 1995) asarida: Yer o‘lkamizning eng asosiy boyligi. O‘ yediradi, yashash uchun asosiy shart-sharoitlarni yaratib beradi. Yerning meliorativ holatiga e‘tiborni hyech qachon susaytirmaslik kerak. Agar biz shunday qilmasak, istiqboldan mahrum bo‘lamiz» deb o‘ta muhim, mamlakat taqdirini hal qiluvchi muammoni ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
Respublikamizning umumiy yer maydoni 447,4 ming km2 bo'lib, uning atigi 10% ekinzorlar bilan band. Sug'oriladigan yer maydoni 4,3 mln va lalmikor dehqonchilik maydoni 743 rning gektarni tashkil etadi. Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaiigi mahsulotlarining 97% sug'oriladigan yeriardan olinmoqda.
Respublika iqtisodiyotini kelgusida rivojlantirish mamlakat tabiiy boyliklaridan tejamli foydalanishga bog’liq bo’lib, bu yerda aholini maishiy va xalq xo’jaligini, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan suv resurslari alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat va qishloq xo’jaligi taraqqiyoti sur’atlarining o’sishi, shuningdek, aholi sonining ortishi qo’shimcha suv miqdorlarini talab qilmoqda.
Tabiiy holatdagi rejim, hajmi va sifati kabi ko’rsatkichlar bo’yicha suv manbalarining talabga yetarlicha javob bera olmasligi, ushbu muammo yechimini murakkablashuviga olib kelmoqda. Yer – xalq boyligi, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining bosh vositasi. Tuproq unumdorligini va ishlab chiqarish quvvatini oshirish ko’p jihatdan unga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishga, uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligining eng yirik tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligi mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng bu sohani rivojlantirish maqsadida mulkchilikning yangicha shakllari teng huquqli asosda ravnaq topishini ta’minlash, bozor iqtisodiyotiga o’tish borasida islohotlarni chuqurlashtirish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor berilmoqda.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarni va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan.
Yurtimizda qabul qilinayotgan qonunlar, hukumat qarorlari qishloq xo’jaligida yer-suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga, sug’oriladigan yerlar mahsuldorligini oshirishga yordam bermoqda. 1998 yil 30 aprelda “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, Respublika Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida” va 27 oktyabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi farmonlar talablaridan kelib chiqqan holda ularga tegishli qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi, yangi tartibdagi “Fermerlar xo’jaligi to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
Ma’lumki, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 3-ustuvor yo’nalishini 3-bandi Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida belgilangan chora-tadbirlar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda aholi hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.


Download 39.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling