Mavzu: Sug’oriladigan yerlarning meleorativ holatiga antropogen omillarning ta’siri. Mundarija


Download 193.21 Kb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1524622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sug’oriladigan yerlarning meleorativ holatiga antropogen omillarning


MAVZU: Sug’oriladigan yerlarning meleorativ holatiga antropogen omillarning ta’siri.
MUNDARIJA:

I.

Kirish




II.

Asosiy qism




2.1

Sug’oriladigan yerlarning meleorativ holatiga antropogen omillarning ta’siri




2.2

Sug’oriladigan yerlar haqida ma’lumot.




2.3

Sug‘orish melioratsiyasining turlari va usullari




III.

Xulosa




IV

Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. 2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 29- apreldagi Farmoni (PQ-1958), "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunlarni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini; agrar soxada yerishgan yutuqlari va iqtisodiy samaradorligi hamda qishloq xo‘jaligini kelajakda rivojlanishi, respublika ta’lim tizimi va ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasi, talabaning xuquq va majburiyatlari, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan isloxotlarni ma’no-mazmunini, melioratsiya va yer tuzish fanining ahamiyatini, qonunlarini, yerlarning meliorativ holatini boshqarish tizimini, 2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan Yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 29- apreldagi Farmoni (PQ-1958) va boshqa ta’lim tizimi xuquqiy va me’yoriy o‘quv xujjatlar xaqida bilimlarni egallaydi. Shuningdek melioratsiya va yer tuzishda oid yangiliklar hamda ularni bugungi kunda qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini o‘rganish, sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanishi, botqoqlanish, eroziya oldini olish va qarshi kurash tadbirlari, sug‘orish va kollektor-zovur tarmoqlaridan samarali foydalanish, sho‘r yuvish ishlari, xo‘jalik plani va kartalarini mazmunini o‘qish, ichki xo‘jalik yer tuzish ishlarini amalga oshirish tadbirlari fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni hisoblanadi.
Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatilayotgan antropogen omillar (sanoat va mayishiy chiqishdan chiqindi gazlarini ko‘payishi ihota daraxtlarini kesish, Yerga noto‘g‘ri ishlov berish, ilmiy asoslanmagan holda sug‘orish, minYeral o‘g‘itlar, turli gerbitsidlar, fungitsidlar, defolyantlar, desikantlar solish, o‘simliklarga o‘sishi va rivojlanishini rostlovchi moddalar bilan ishlov berish).

Oʻzbekiston hududida birinchi boʻlib A.F.Middendorf (1882) “Ocherki Ferganskoy doline” degan asarida tuproqlarning tavsifi boʻyicha ularning shoʻrlanganligi, shoʻrlanish sabablari va uni hisoblash tadbirlari toʻgʻrisidagi ilk maʼlumotlarni topish mumkin. Keng masshtabli melioratsiya sohasidagi ishlarni biz N.A.Dimo rahbarligida dastlab Mirzachoʻl dashtida 1910 yilda boshlagan tadqiqotlarida koʻrishimiz mumkin. N.A.Dimo (1910, 1911, 1916 y.) birinchi boʻlib, Mirzachoʻl dashtida keng tarqalgan och tusli boʻz tuproqlarning shoʻrlanish turlari, tuz birikmalarining joylanish chuqurligini tuzlarning tarkibiy qismlari, tuproq shoʻrlanishida sizot suvlarining ishtiroki (chuqurligi, mineralizatsiyasi) toʻgʻrisida maʼlumotlarni keltirib oʻtgan. 1914-1918 yillar davomida bunday mazmundagi ishlarni Zarafshon, ayniqsa Amudaryo quyi oqimi hududida davom ettiradi. Umuman N.A.Dimo deyarli 20 yillik ilmiy tadqiqot ishlarida Oʻzbekiston tuproqlarining meliorativ holati, ularning shoʻrlanish omillari, yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqqan, bu oʻz navbatida Oʻzbekistonda keng masshtabli sugʻorish ishlarini rivojlantirish, loyihalashlarni ishlab chiqishga asos boʻladi. 1930 yilda T.K.Rezenkamp uning maʼlumotlarini asos qilib Mirzachoʻl dashtini sugʻorishni yangi loyihasini ishlab chiqdi. N.A.Dimo bilan bir vaqtda va undan keyin M.M.Bushuev (1912), V.S.Maligin (1913), A.N.Rozanov (1916-1915), M.A.Orlov (1916), K.D.Glinka (1923), L.I.Prasolov (1924), S.S.Neustruev 11 (1926) va boshqa koʻpgina tadqiqotchilar asrimizning 30-yillargacha oldingi Turkiston, hozirgi Oʻzbekiston hududi tuproqlarining meliorativ tavsifi, uni yaxshilash tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirdilar. Nemis olimi A.Teer XIX asr boshlarida yozgan “Qishloq xoʻjaligining ratsional asoslari” nomli 4-tomli kitobida dehqonchilik yana 2-qismga boʻlindi. 1- qismda umumiy masalalar oʻrganilib umumiy dehqonchilik deb yuritildi, 2-qismida har qaysi oʻsimliklar texnologiyasi oʻrganilib, oʻsimlikshunoslik deb yuritildi.


Dehqonchilik fanini rivojlanishida bir qator olimlar oʻz hissasini qoʻshgan. Masalan: M.V.Lomonosov (1711-1765) “Yer qatlamlari haqida” nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishini bayon qildi. A.T.Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona oʻtlarga qarshi kurash, oʻgʻitlash masalalari boʻyicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy tamoyillarini taʼrifladi. U yetti dalali almashlab ekishning 3 ta dalasi quruq boʻlishini bayon etdi. N.F.Bespalov (1984) suv bilan kam taʼminlangan yillari kollektor-zovur suvlaridan gʻoʻzani sugʻorish va shoʻr yuvishda keng foydalanish mumkinligini koʻrsatadi. Bunda suvlarning minerallashganlik darajasini ruxsat etiladigan miqdori yengil va oʻrtacha qumoq tuproqlarda quruq qoldiq boʻyicha 3-4 g/l, xlor ioni boʻyicha 0,5 g/l. gacha, ogʻir qumoq va so‘z tuproqlarda tegishlicha 2,0-2,5 va 0,5 g/l. gacha boʻlishini tavsiya etadi.
Oʻsimliklarning suv rejimi va uni boshqarish yoʻllari P.I.Brounov, K.A.Timiryazev, V.R.Vilyams, D.N.Pryanishnikov, N.A.Maksimov, A.G.Doyarenko, A.F.Lebedev va boshqa tadqiqotchilar tomonidan har tomonlama oʻtganildi. Melioratsiya va irrigatsiya fanlarining ravnaqida A.N.Kostyakov, L.P.Rozov, V.D.Jurin, A.N.Askochenskiy, V.V.Poslavskiy, V.A.Kovda, S.F.Averyanov, I.N.Antipov-Karataev, N.V.Makridin, V.S.Maligin, N.A.Besednov, S.T.Altunin, A.A.Rachinskiy, I.F.Sukach, S.N.Rijov, V.M.Legostaev, V.E.Yeremenko, N.T.Laktaev, M.A.Pankov, X.A.Ahmedov, S.M.Krivovyaz, N.F.Bespalov, Q.M.Mirzajonov, Sh.Nurmatov, S.Isaev, Gʻ.Yuldashev va boshqa koʻpgina olimlarning oʻrni beqiyos. P.I.Brounov XX asirning boshlaridayoq oʻsimliklarning suvga boʻlgan munosabati boʻyicha kritik (ehtiyoji eng ortgan) davrlari aniqladi va ushbu davrlarni bilish ekinlarning qulay sugʻorish rejimlarini belgilash imkonini berishini uqtirdi.
Ilmiy agronomiya ravnaqiga katta hissa qoʻshgan olim K.A.Timiryazev oʻsimliklarning suv taʼminoti sharoitlarini, havo bilan oʻzaro bogʻliqligini, shuningdek, oʻsimlik hayotida yorugʻlikning ahamiyatini oʻrganib, oʻsimliklar suv rejimini samarali boshqarish yoʻllarini koʻrsatdi. Uning ilmiy ishlari selektsiyada suvga talabchan navlarni yaratish borasida katta ahamiyat kasb etdi. Agrokimyo maktabining asoschisi deb eʼtirof etilgan D.N.Pryanishnikov mineral oʻgʻitlar qoʻllash meʼyori va oʻsimliklarning transpiratsiya koeffitsiyentlari orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlab, tuproqning oziq rejimini oʻzgartirish yoʻli bilan transpiratsiya koeffitsienti qiymatini boshqarish imkoniyatlarini koʻrsatadi.

Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling