1-sug’orish tarmog’i; 2-suvning tezligini muvafiqlashtirish hovuzchasi; 3-suv o’lchash asbobi;
4-mahkamlagich taglik.
- Buning uchun qo’yidagilarga e’tibor berish zarur:
- suv o’lchash asbobini o’rnatishda uni ostki qismini loyqa bilan ko’milib ketmasligi uchun undan o’tayotgan suv sharshara hosil qilishi kerak.
shu maqsadda uni ostonasi tarmoq tubidan 4-5 sm baland bo’lishi kerak; - suv o’lchash asbobidan 1-1,5 m oldinda oqimni tezligini sekinlashtirish uchun maxsus hovuzcha qazilishi kerak. Hovuzchaning kattaligi suv o’lchash asbobidan o’tayotgan suvning miqdoriga, suv o’lchagichga va sug’orish tarmog’ining nishabligiga bog’liq. Agar sug’orish tarmog’ining nishabligi qancha katta bo’lsa, suvning tezligi shuncha katta, shunga muvofiq sekinlatgichning uzunligi ham katta bo’ladi.
Suv sug’orish tarmog’idan hovuzchaga o’tishi bilan sekinlashib va o’lchagichga yaqin kelishi bilan tezlashishi kerak. Buni to’g’riligini tekshirish uchun sug’orish tarmog’idan hovuzchaga kiradigan suvga yengil jism tushiriladi, agar u hovuzchaga kirishda sekinlashib, suv o’lchagichga etishi bilan tezlashsa, to’g’ri o’rnatilgan bo’ladi; - Suv sug’orish tarmog’idan hovuzchaga o’tishi bilan sekinlashib va o’lchagichga yaqin kelishi bilan tezlashishi kerak. Buni to’g’riligini tekshirish uchun sug’orish tarmog’idan hovuzchaga kiradigan suvga yengil jism tushiriladi, agar u hovuzchaga kirishda sekinlashib, suv o’lchagichga etishi bilan tezlashsa, to’g’ri o’rnatilgan bo’ladi;
- o’lchash asbobi suv yuzasiga nisbatan tik o’rnatilishi kerak;
- o’lchash asbobining ostonasi gorizontal bo’lishi kerak;
- reykalar suv o’lchash asbobining oldiga o’rnatiladi. Reykadagi nol soni o’lchash asbobining ostonasi bilan barobar turishi kerak;
- suv o’lchash asbobi yog’och taxtaga yaxshilab o’rnatiladi.
Asbobdan o’tayotgan suvning miqdorini hisoblashda har kuni kuzatish ishlari olib boriladi va mahsus jurnalga qayd etiladi. Unda 2 ta suv o’lchash reykasi bo’lgan hollarda ularning o’rtacha ko’rsatgichi olinadi. Reyka bo’yicha ma’lumotlarni olish takroriyligi tarmoq orqali o’tayotgan suvning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Agar ariqdagi suv sarfi tez-tez o’zgarib tursa, unda har soatda o’lchash kerak, suv sarfi o’zgarmas bo’lganda o’lchashni kuniga 3-4 marta o’tkazish kerak. - Asbobdan o’tayotgan suvning miqdorini hisoblashda har kuni kuzatish ishlari olib boriladi va mahsus jurnalga qayd etiladi. Unda 2 ta suv o’lchash reykasi bo’lgan hollarda ularning o’rtacha ko’rsatgichi olinadi. Reyka bo’yicha ma’lumotlarni olish takroriyligi tarmoq orqali o’tayotgan suvning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Agar ariqdagi suv sarfi tez-tez o’zgarib tursa, unda har soatda o’lchash kerak, suv sarfi o’zgarmas bo’lganda o’lchashni kuniga 3-4 marta o’tkazish kerak.
- CHipoletti suv o’lchash asbobdan o’tayotgan suvning sarfi hisoblab chiqiladi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
- Q – o’lchash asbobidan o’tayotgan suv sarfi, m3/sek;
- B – o’lchash asbobining ostonasini kengligi, m;
- H – asbob orqali o’tayotgan suvning balandligi, m.
Do'stlaringiz bilan baham: |