Mavzu: Sug'urta firibgarligi va uni bartaraf etish yo'llari Kirish 1


Umumiy sug'urta sohasida firibgarlik


Download 18.27 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi18.27 Kb.
#1038027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sug\'urta firibgarligi va uni bartaraf etish yo\'llari (2)

Umumiy sug'urta sohasida firibgarlik
Sug'urtalash bu - jismoniy va yuridik shaxslaming qiziqishlarini sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta mukofotlarini yig'ish orqali tashkil etilgan fondlar hisobidan sug'urta shartnomasiga muvofiq yuzaga kelgan moliyaviy yo'qotishlarini qoplab berish orqali himoya qilishdir. Sug'urta faoliyati bu - professional sug'urta ishtirokchilarining sug'urta bozoridagi sug'urtani amalga oshirish harakati yoki faoliyatidir. Mol-mulk bu - yuridik yoki jismoniy shaxslaming tasarrufidagi moddiy boyliklari, buyumlaridir. Mol-mulk harakatlanuvchi, ko'char. ko'chmas yoki yer shaklidagi mulklar va yerga bog'liq ravishda ko'chmas mulklarga bo'linadi. Mulkchilik yoki ijara shartnomasiga muvofiq ijara (lizing)ga berilgan mol-mulk bilan bog'liq kutilmagan moliyaviy harajatlarga qarshi o'zini himoya qilishga molmulk sug'urtasi yordam beradi. Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs o'z mol-mulkini sug'urtalashi mumkin. Mol-mulkni butunlay yoki uni bir qismini sug'urtalash mumkin. Mol-mulk sug'urtasi - ofis binosi yoki ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mebel, ofis uskunalari, buyumlami, ombordagi mahsulot va hokazolami mulk sug'urtasi foydalanish bilan bog'liq mulkiy tavakkalchiliklami sug'urta qilish imkonini beradi. Bundan tashqari o'g'irlik, zarar yetkazish yoki boshqa yomon oqibatlari ko'rib chiqiladi. Sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta summasi sug'urta obyekti bahosiga teng bo'lgan holatda sug'urta kompaniyasi jabrlanuvchiga yetkazilgan zarami to'lab berishga majbur bo'ladi, agarda sug'urta obyekti to' liq qiymatida sug'urtalanmaganda sug'urtalovchi mulkiy sug'urta qonuniga muvofiq molmulkning bahosi sug'urta summasining nisbatiga muvofiq zararning bir qismini to'lab berish huquqiga ega. Shuning uchun ham sug'urta shartnomasini imzolayotganda sug'urta summasini to'g'ri baholash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda mulkiy sug'urta - kutilmagan xarajatlardan o'zingizni himoya qilishning samarali yo'lidir. Bundan tashqari, mulkiy sug'urta faqatgina moliyaviy 358 manfaatlarini himoya qilish emas, balki, o'z mulkiga nisbatan ichki xotiijamlikni ta’minlash ham demakdir. Har bir kishi o‘zi ishlab topgan moddiy boyliklari behudaga isrof bo'lishi, yo'q bo'lib ketishini xohlamavdi. shuning uchun ham mulkiy sug'urta bozori hizmatlari vujudga keldi. Ko'p hollarda, faqatgina yuridik shaxslargina emas balki jismoniy shaxslar uchun ham mulklaridan xotirjam boiish usuli bu ixtiyoriy molmulk sug'urtasi hisoblanadi. Mulk sug'urtasi shartnomasi binolar, shuningdek. tugallanmagan ishlab chiqarish va kapital qurilish obvektlari doirasida tuzilishi mumkin. Mashinaning har xil turlari: kuch beruvchi, ishchi va boshqa asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa turdagi transporter, tishli uskunalar. tayvor mahsulotlar. tovarlar. xomashvo va transfer qurilmalar ham sug'urta shartnomasiga kiritilgan bo'lishi mumkin. Kundan kunga mulkiy sug'urta doirasida mulkka yetkaziladigan hamma zarar risklarini sug'urta qilishni iloji yo‘q. TVEFJMS sug'urtasida uchraydigan 12 ta eng mashhur sug'urta firibgarliklari: S O'g'irlangan polis blankalaridan fovdalanish: Blankalaming qasddan buzilishi va ulami hisobdan chiqarish — "polis ijarasi”; ■f Agentlar tomonidan sug'urta mukofotining sun'iy ravishda pasaytirilishi: Soxta blanka va muhrlardan foydalanish; S Sug'urta kompanivasini ogohlantirmasdan polisga qo'shimcha haydovchilami qo'shish; S Avariyani uyushtirish; S YTH fitnasi “podstava”; ^ Ikki marta sug'urtalash va ikki marta qoplama olish: ^ YTH dan keyin polisni rasmiylashtirish; S Texnik tekshiruv natijalarini soxtalashtirish; ^ Tibbiy ekspertiza natijalarini soxtalashtirish;

Download 18.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling