Mavzu: Sug`urta tarifi va sug`urta mukofoti. Reja: Kirish


Sug‘urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi va 2.2. Brutto va netto-stavkani hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari


Download 42.17 Kb.
bet2/8
Sana10.02.2023
Hajmi42.17 Kb.
#1185619
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ishi Toshev V

2.1. Sug‘urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi va 2.2. Brutto va netto-stavkani hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari.
Sug‘urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi, ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta’minlanadi. SHunday qilib, har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‘urta qoplamasi to‘lovlari uchun zaxira summasi) va sug‘urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u «yuk» deb ataladi) iborat bo‘ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati, ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‘urta turiga qarab, 60-95 foizgacha ulush to‘g‘ri kelishi mumkin. «YUk» hisobiga esa, shunga mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qancha sug‘urta turi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, hayotni aralash sug‘urtalash bo‘yicha netto-stavka belgilangan davrgacha yashaganligi uchun, o‘lim holati yuz berganligi uchun, mehnat faoliyatini yo‘qotish holati uchun kabi netto-stavkalardan tashkil topadi.
«YUk»da sug‘urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
- ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi xodimlarga to‘lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi);
- sug‘urta polislarini joylashtirganligi uchun haqlar;
- sug‘urta agentlari, menejerlar uchun haqlar.
To‘lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan foizlarda aniqlanadi. Foiz to‘lovlaridan tashqari rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy sug‘urta qilish tarmog‘i klasslari bo‘yicha «yuk» sug‘urta ishini yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zaxirasiga ajratmalar qilish va rejalantirilgan foyda summalarini ham o‘zida aks ettiradi. Brutto-stavkani hisoblashda, dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‘ngra unga «yuk» (odatda brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‘shib hisoblanadi. Brutto-stavka qo‘yidagicha aniqlanadi:
MS= ,

Download 42.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling