Mavzu: Sulfidli oltin rudalarini flotatsiya usulida boyitishga tayyorlash sxemasini tanlash va hisoblash. Bajardi
Maydalash jarayonida xavfsizlik koidalari
Download 260.76 Kb.
|
abror
3.3.Maydalash jarayonida xavfsizlik koidalari
Ma’danni maydalagichga kelishi va uning ishlashini kuzatuvchi operatorning ishlash maydoni maydalagichdan maydonchaga ma’dan bo‘lakchalarini otilib chiqishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun panjarasimon metall to‘siqlarga ega bo‘lishlari lozim. Ma’danning katta bo‘laklari maydalagichning ish fazosida tiqilib qolganda ular maxsus moslamaga ega bo‘lgan ko‘tarish vositalari yordamida olib tashlanishi lozim. Ularni qo‘l bilan olib tashlash hamda bolg‘a yoki kuvaldalar bilan bo‘laklash man qilinadi. Maydalagichga tushib qolgan metallni kesib tashlash naryad-ruxsatnoma bo‘yicha texnik nazorat xodimi kuzatuvi ostida amalga oshirilishi lozim. Maydalagichlarning ish fazosiga odamlarni tushirishda ushbu Qoidalar 435 – bandining talablariga amal qilinishi, saqlash poyaslarini qo‘llash va maydalagichlarning yuklash teshiklari ustidan begona narsalarning to‘satdan tushib ketishidan odamlarni asrab qoluvchi vaqtinchalik to‘shamalarning qilinishi shart. YUklar ko‘pligi tufayli maydalagichlarning avariya holatidagi to‘xtab qolishida uni bo‘shatish va ishga tushirish fabrika rahbari (o‘rinbosari - bosh muhandis) tomonidan tasdiqlangan maxsus ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Vibratsion groxotlar joylashtiriladigan yopilmalar va maydonchalar jihozlarni ishlatishda yuzaga keladigan vibratsiyaga chidamlilik va titrashni yutishga hisoblangan bo‘lishlari lozim. Groxot va maydalagichlarda ma’danning to‘satdagi bo‘laklaridan odamlarni himoya qilish uchun quyidagi himoya moslamalari ko‘zda tutilgan bo‘lishlari lozim: a) konussimon maydalagichchlar uchun – bo‘laklar ostida ishlovchi 1 bosqich yirik maydalash maydalagichlardan tashqarilari yopiq olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar; b) shekali maydalagichlar uchun – balandligi 1m dan kam bo‘lmagan soyabonli yopiq yonlama to‘siqlar. Ishlab turgan ta’minlagich va groxotlarning yuklash tushirish teshiklarda, ma’danni groxotga etkazib beruvchi ta’minlagichlarning chiqish teshiklarida shurovka qilish faqatgina maxsus moslama va qurilmalar bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Groxotlarning yuk tushirish voronkalarini qo‘lda tozalash va ularga odamlarni tushishi faqatgina ushbu Qoidalarning 63-bandiga amal qilinganidagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda groxotlarning elektr dvigatellari birka tizimining talablariga muvofiq o‘chirilgan bo‘lishlari, va ishga tushirish qurilmalarida: “Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda” degan ogohlantiruvchi plakatlar osilgan bo‘lishi lozim. Elektrvibropitatellarni ishlab turgan vaqtida ularning lotoklarini tozalash , ptatel bortlarida turish, ularga tegish hamda vibroprivod zazorlarini tozalash man etiladi. Kulachokli, gorizotal va vertikal bolg‘ali maydalagichlar korpus ochiq holda maydalagichni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaga ega bo‘lishi lozim. Qopqog‘ining og‘irligi 50kg dan katta bo‘lgan kulachokli va gorizontal bolg‘ali maydalagichlar korpusini ochish va yopish mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshirilishi lozim. Maydalanganda portlash ehtimoli bo‘lgan chang ajratadigan ma’danlarni maydalash changni portlashga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirlarni bajarib amalga oshirilishi lozim. O‘rtacha va mayda maydalagichlarga metall tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni ta’minlab turuvchi lentali konveyerlar metall izlagichlar, ajratgichlar, magnitli shaybalar va boshqa maxsus moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishlari lozim. Lentali konveyerdan va ish zonasidan chiqarilmagan magnitli ajratgichdan metallni olish faqatgina konveyerni to‘xtatgandan va magnit tizimini o‘chirgandan keyingina yo‘l qo‘yiladi. Download 260.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling