Mavzu: Summatorlar. Summatorlarni tashkil etish
Download 382.23 Kb.
|
Summatorlar маъруза
MAVZU: Summatorlar. Summatorlarni tashkil etish usullari, ishlash prinsiplari. Bir razryadli, ikki razryadli va ko'p razryadli summatorlar Summatorlar. Summatorlarni tashkil etish usullari, ishlash prinsiplari. Summatorlar Ikki son xonalarini jamlash amalini bajaruvchi EHM uzeli summator deb ataladi. Summatorlarni quyidagi belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin: Bir xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha kombinatsion va to‘plovchi summatorlar. Bir xonali sonlarni jamlash sxemasidagi kirish yo‘llari soni bo‘yicha: ikki kirish yo‘lli bir xonali (yarim summatorlar) va uch kirish yo‘1li bir xonali summatorlar. Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha: ketma-ket va parallel summatorlar. Sanoq sistemasining asosi va qabul qilingan kodlash usuli bo‘yicha: ikkilik, uchlik, o‘nlik va ikkilik-o‘nlik summatorlar. Ko‘chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo‘yicha: ketma-ket, boshdan-oyoq, bir vaqtda, guruhli, shartli ko‘chirish1i va ko‘chirish qiymati signalini xotirada saqlovchi summatorlar. Biz yuqorida sanab o‘tgan summatorlarning har biri o‘zining yutuq va kamchiliklariga ega. Summatorlarni to‘la tahlil etish uchun ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Bugungi mashg‘ulotda biz ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha qo‘llaniladigan ketma-ket va parallel summatorlarning ishlash prinsiplari hamda ularning sxemalari bilan tanishib chiqamiz. Umuman olganda, har qanday summatorning ishlash prinsipini tushunish uchun pozitsion sanoq sistemalarda qo‘shish amalini bajarish qonuniyatlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvoffiqdir. Pozitsion sanoq sistemalarida qo‘shish amalini bajarish qoidalari Ma'lumki, har qanday pozitsion sanoq sistemalarda sonlar xonalar bo‘yicha qo‘shiladi. Qo‘shish amali bajarilganda har bir xonada uchta raqam: birinchi qo‘shiluvchining raqami, ikkinchi qo‘shiluvchining raqami va oldingi (kichik) xonadan ko‘chirish qiymati raqami qo‘shiladi. Natijada har bir xona uchun shu xona yig‘indisi raqami va keyingi (katta) xonaga ko‘chirish qiymati hosil qilinadi. EHM larda qo‘llaniladigan ikkilik sanoq sistemasida ham ikkilik kodlar i — xonada (razryadda) qo‘shiladi. Agar undan oldingi i—l xonadan «1» ko‘chgan bo‘1sa, u ham i xonada qo‘shilishi kerak. Ikkilik sonlarni qo‘shish deganda ikkita x(xi, X2, • • p XnJ Va y(yr, y2,..., yn) qo‘shiluvchilarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida s(s i, s2,. p Sn) yig‘indining hosil bo‘lishi tushuniladi. Qo‘shish jarayonida sonlarning xonadagi qiymati quyidagi qonuniyat asosida hosil bo‘ladi: P, —— 0 -J- @ ; Bo’lganda ( + Hi + "i-l) S, —— x, + y, + ,— (•,+:r, + ,— ) —« Bo'1ganda Bu erda: Si - i razryadda hosil bo‘lgan yig‘indi; Pi-1 - oldingi kichik razryaddan kelgan ikkilik son; Pi - keyingi katta razryadga o‘tadigan ikkilik kod; q- sanoq tizimining asosi; Ushbu qonuniyat asosida ikkita ikkilik kodlarni qo‘shishga misol ko‘ramiz. l
Download 382.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling