Mavzu: Surxondaryo mavsumiy marosimlariga bag'ishlangan tadbir ssenariysi mundarija: kirish
Muzey marketingida reklamaning о‘rni
Download 298.5 Kb.
|
Surxondaryo mavsumiy marosimlariga bag\'ishlangan tadbir ssenariysi
1.2 Muzey marketingida reklamaning о‘rni
Muzeylar san’at marketingini rivojlantirish uchun xaridorlarga ularning faoliyati va ulardagi san’at asarlari haqida axborot yetkazishi zarur. Buning uchun asos bо‘lib reklama xizmat qiladi. Har qanday reklamaning maqsadi reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatga talabni reklama qiluvchi tomonidan auditoriyaga axborotning yetkazilishi orqali amalga oshirishdir. Bunda reklama san’atkor imidjini tanitishga, uning san’at namunalarini kо‘proq tanilishiga xizmat qilishi lozim. Yuqorida aytib о‘tilgandek, reklama marketing rejasidan kelib chiqadi. Reklama rejasi ham xuddi marketing rejasi kabi ishlab chiqiladi. U о‘z ichiga reklama maqsadi va strategiyasini oladi. Reklama strategiyasining sifati marketing rejasining aniqligiga bog‘liq. Yaxshi reja bо‘lmasligi reklamaga ketgan sarf- xarajatlarning bekor ketishi demakdir. Aniq marketing rejasisiz hech qanday samaraga erishib bо‘maydi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari madaniyat va san’at rivoji uchun о‘z byudjetlaridan har yili anchagina mablag‘ ajratadilar. Ba’zi hollarda esa san’at muassasalari о‘z xarajatlarini о‘zlari qoplaydilar. Davlat ulushi esa qisman bо‘lishi mumkin. Rivojlangan davlatlar ekspozitsiya va kо‘rgazmalarga tashrif buyuruvchilarning xaridorga aylanish koeffitsentlari ya’ni 1 ta tashrif buyurgan tomoshabin uchun tijorat daromadlarini hisoblab boradilar. Bunday holda art reklamaning ta’siri samarasini aniq bilish imkoni paydo bо‘ladi. Jahonning turli mamlakatlari о‘z san’atlarini targ‘ib etishda reklamaning bir qancha turlaridan samarali foydalanishmoqda. Bugun chet el tajribasi misolida bunday usullarni о‘rganib chiqish va О‘zbekistonda milliy xosligimizdan kelib chiqqan holda ularni qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘lib kelmoqda. Ana shunday tajribalarning bir qanchasi quyida keltirilgan. Ukrainaning Kiyev shahri metro vagonlarida reklama plakatlarining о‘rnida kartinalar osilgan poyezd – galereya ishga tushirilgan. Bu “Art-poyezd” hammada katta qiziqish uyg‘otdi. Uning har bir vagonini poytaxtning beshta rassomi asarlari bezab turibdi. Ushbu ajoyib “Art-poyezd” 2009 yil 4 aprelda ishga tushgan. Asarlarning kо‘pchiligi pozitiv ruhda ishlangan bо‘lib, tomoshabinlarga quvonch va zavq ulashadi. Metro vagonlarida 100 dan ortiq san’at asari ilingan bо‘lib, vagonlarga kirgan insonlar mutlaq san’at atmosferasiga tushib qoladi. Loyiha muallifi Natalya Suxolitning aytishicha, asarlar о‘z kо‘rinishini yо‘qotmaguncha vagonlarda turadi. Bunday qiziqarli g‘oya orqali oddiy xalqda san’atga bо‘lgan qiziqishni kuchaytirish va ularning yosh rassomlar ijodiga bо‘lgan munosabatini shakllantirishga erishildi. (3.2.1-rasm) Bu va bunga о‘xshash reklama aksiyalari boshqa davlatlarda ham samarali natijalar bermoqda. Misol uchun Rossiyada о‘tkazilgan “Shahar kо‘chalarida rangtasvir shedevrlari” aksiyasi shular jumlasidandir. Bu о‘ziga xos aksiya Moskva va Sankt-Peterburgda 2009 yilning mart oyida boshlangandi. Unda Tretyakov galereyasi va Ermitaj muzeyidagi eng mashhur rus rassomlarining eng yaxshi san’at asarlari plakat kо‘rinishida о‘rnatildi. Shahar markazida Vasiliy Surikovning “O. V. Surikovaning bolalikdagi portreti” (3.2.2-rasm) va Aleksey Venetsianovning “О‘rimda. Yoz” asarlari reproduksiyalari joylashtirildi. Umuman hisoblaganda esa asarlar reproduksiyalari soni 42 tani tashkil etdi. “Shahar kо‘chalarida rangtasvir shedevrlari” aksiyasini tashqi reklama agentligi News Outdoor, Davlat Tretyakov Galereyasi va Ermitaj tashkil etdi. Ermitajdaga asarlar Sankt-Peterburg va Kazan shaxarlarida, qolgan shedevrlar esa boshqa shaharlar, jumladan Yaroslavlda ham namoyish etildi. Unda Vasiliy Surikov, Konstantin Korovin, Aleksey Venetsianov, Karl Bryullov, Viktor Borisov, Musatovning asarlari о‘rnatildi. Boshqa shaharlarda esa Vrubelning “Oqqush malika” va “Shayton”, A. Arxipovning “Kо‘za tutgan qiz”, G. Nesterovning “Kuzgi manzara” (3.2.3-rasm), K. Yuonning “Mart quyoshi” va hokazo asarlar reklamalari joylashtirildi. Bu aksiyadan maqsad asarlarni muzeylardan olib chiqish, kо‘chalarni ajoyib kartinalar bilan bezashdir. Reproduksiyalar bir joyda turmagan, ular muntazam almashtirilib turilgan. Bunday aksiyalar natijasida aholi asarlarni kо‘rib tez ilg‘ab olgan, san’atga bо‘lgan qiziqishni oshishiga xizmat qilgan, shu bilan birgalikda Tretyakov galereyasi va Ermitaj muzeyi о‘zlarini shu yо‘l bilan reklama qilganlar. Psixologlarning fikricha, bunday aksiyalar orqali umumiy madaniyatning darajasini oshirish mumkin. Yana bir shunday ijtimoiy kampaniyalardan biri Germaniyaning Tarixiy me’moriy yodgorliklarni saqlash tashkiloti tomonidan 2008 yil kuzida uyushtirilgandi. Unda “OGILVY FRANKFURT” reklama agentligi ishtirok etdi. (3.2.4-rasm.) Har qanday me’moriy yodgorlikni ta’mirlashga juda katta mablag‘ talab etiladi. Bunday qamrovdagi ishlarni olib borish uchun Tarixiy me’moriy yodgorliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi nemis tashkilotiga katta xayr-ehson mablag‘lari kerak bо‘ldi. Shu sababli ham antiqa reklama usulini о‘ylab topishdi. Bu reklama kampaniyasidan maqsad insonlarni bu muammodan chetda qolmasliklari va ehson qilishlariga erishish edi. Bunda о‘sha tarixiy binolar ramzi sifatida haykaltaroshlik namunalari ishlandi. Ularning har biri “о‘z” tarixiy yodgorligi uchun pul yig‘adi. Ushbu reklama kampaniyasi natijasida me’morliklarni saqlash tashkiloti uchun xayr-ehson samarasi 40% ga oshdi. Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling