Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish
MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI DEHQONCHILIK TARMOQLARINING MUSTAQILLIK YILLARIDA RIVOJLANTIRISHINI TAHLIL QILISH
Download 279.92 Kb.
|
MAVZU1
MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI DEHQONCHILIK TARMOQLARINING MUSTAQILLIK YILLARIDA RIVOJLANTIRISHINI TAHLIL QILISH
Surxondaryo viloyati janubiy mintaqada joylashgani bois, dehqonchilik mahsulotlari boshqa hududlarga nisbatan erta pishib etiladi. Iqlim sharoitining issiqroq bo'lishi mirishkor aholiga bu yil ham qo'l keldi. Viloyatning barcha tumanlarida boshlangan g'alla o'rimi hozir avj pallada. Ayrim tumanlardagi g'allakorlar esa allaqachon xirmonlarni to'ldirib, respublikada birinchilardan bo'lib davlatga don sotish shartnoma rejasini bajardi. Angor tumani ana shunday etkchilar qatorida. Tumanda bu yil 5 ming 650 gektar er maydoniga g'alla ekilib, 16 ming 21 tonna, shundan 6 ming 316 tonna tovar don va 9 ming 705 tonna urug'lik don sotish rejalashtirilgan edi. O'z vaqtida olib borilgan agrotexnik tadbirlar sabab 6 ming 317 tonna tovar don sotilib, reja ortig'i bilan bajarildi. “Zamin Angor klaster” MCHJ va “Saidnosirxon”, “Angor Xomkon mirishkori”, “Xomkon mirishkor dehqonlari”, “Xonnazarov Zafar”, “Ravshanbek polvon Angor”, “Qoraqir tomchilari”, “O'ktambek Sunnatbek” kabi fermer xo'jaliklari har gektardan 75-80 tsentnerdan hosil olishga erishdi. Fermerlarning daromadi ham shunga yarasha bo'lmoqda. Axir, Prezidentimizning joriy yil 28-maydagi “G'allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi tarixiy qarori bilan yurtimizda 1-iyundan boshlab ilk bor g'allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o'tildi. Qaror bilan davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bug'doy narxi o'tgan yildagi 1 million 550 ming so'mdan joriy yil hosili uchun 3 million so'mga, ya'ni 2 baravarga oshirildi. Bu imkoniyatlar fermer va klasterlarning ishtiyoqini yanada oshirgan. Shu kunlarda tumanda g'alla o'rim-yig'imi qizg'in davom etmoqda. Klaster hamda fermer xo'jaliklari tomonidan yana 9 705 tonna urug'lik don hamda 5000 tonna birja savdolari orqali qo'shimcha sara don sotish rejalashtirilgan. Yuqoridagi qaror bilan g'allachilik klasterlari va fermerlarga bug'doyni bozor narxida to'liq erkin sotish huquqi berilgani bois, mirishkorlarning bu hosildan oladigan daromadi bir necha barobar yuqori bo'lishi kutilmoqda. Ya'ni, fermerlar bu yil o'zi etishtirgan g'allaning davlat rejasiga topshirganidan qolgan qismini birja savdolari orqali erkin narxlarda sotmoqda. Download 279.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling