Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish


MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI OZIQ OVQAT SANOATINING HUDUDIY JOYLASHISHINING O’RGANISH


Download 279.92 Kb.
bet9/16
Sana17.06.2023
Hajmi279.92 Kb.
#1538514
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
MAVZU1

MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI OZIQ OVQAT SANOATINING HUDUDIY JOYLASHISHINING O’RGANISH
Viloyat bo‘yicha jami sanoat ishlab chiqarish hajmida tumanlar ulushi tahlil qilinganda eng yuqori ulush Jarqo‘rg‘on (17,4%), Termiz shahri (17,3%), Sherobod (9,8%), Denov (9,4%), Qumqo‘rg‘on (9,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Muzrabot (4,5%), Qiziriq (2,5%), Oltinsoy (2,4%), Angor (2%), Boysun (1,4%), Bandixon (0,6%) tumanlariga to‘g‘ri keladigan sanoat ishlab chiqarish hajmi past ulushni tashkil qilgan.
Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Oltinsoy (121,8%), Bandixon (120,8%), Termiz (114,3%) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish indeksi yuqori natijaga erishgan.Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi 1105,1 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin) tashkil qilgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,1 foizga oshgan. Shuningdek, viloyat miqyosida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat hajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichdan 6,4 baravar past bo‘lgan.Termiz shahri (viloyat o‘rtachasidan 2,5 baravar ko‘p), Jarqo‘rg‘on (2,1 baravar), Termiz (1,9 baravar), Sherobod(1,3 baravar) tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.Bandixon (viloyat o‘rtachasidan 4,9 baravar kam), Boysun (3,2 baravar), Oltinsoy (2,8 baravar), Angor (2,5 baravar), Qiziriq (1,7 baravar), Denov (1,6 baravar), Sariosiyo (1,5 baravar), Uzun (1,3 baravar) tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lgan.Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’atlari Oltinsoy 19,2%), Bandixon (117,5%), Termiz (111,8%) tumanlarida yuqori bo‘lgan.Iste’mol mollari. Viloyatda 1093,5 mlrd so‘mlik (2021 yilga nisbatan 113,2%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 1,3%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Iste’mol mollari tarkibida nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi-56,4%, oziq-ovqat mahsulotlari-43,6%ni tashkil qiladi.

Termiz shahri (17,5%), Jarqo‘rg‘on (15,2%), Sho‘rchi (12,4%) tumanlarida iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, Muzrabot (4,8%), Angor (4,3%), Sherobod (3,9%), Uzun (3,8%), Boysun (3%), Qiziriq (2%), Bandixon (0,4%) tumanlarida past tendensiya kuzatilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan Qumqo‘rg‘on (171,8%), Termiz (151,5%), Sariosiyo (149,1%), Angor (134,8%), Muzrabod (132%), Oltinsoy (131,7%) tumanlarida iste’mol mollari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Denov (72,7%), Qiziriq (88,3%), Sho‘rchi (93,7%) tumanlarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan iste’mol mollari ishlab chiqarishning pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari hajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi 396,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Termiz shahri (viloyat o‘rtachasidan 2,5 baravar ko‘p), Termiz (2,3 baravar), Jarqo‘rg‘on (1,8 baravar), Sho‘rchi (1,6 baravar) tumanlarida jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.
Bandixon (viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan 7,6 baravar past), Qiziriq (2,2 baravar), Sherobod (1,9 baravar), Denov, Uzun (har biri 1,7 baravardan), Qumqo‘rg‘on, Boysun (1,5 baravar), Sariosiyo (1,4 baravar) tumanlarida jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Download 279.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling