Mavzu: sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari


Uslub: Kichik guruhlarda ishlash. Jihozlar


Download 48 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi48 Kb.
#228769
1   2   3
Bog'liq
Zoologiya dars ishlanma-(isokov izzat)

Uslub: Kichik guruhlarda ishlash.

Jihozlar: it yoki boshqa sutemizuvchilar tulumi va skeleti va muskullar tasvirlangan palakat.

Mavzuning asosiy mazmuni:

1. Sutemizuvchilar sinfining umumiy tavsifi.

2. Sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi, terisi va jun qoplami.

3. Sutemizuvchilar skeletining tuzilishi.

4. Sutemizuvchilar muskullari.

Sutemizuvchilar- bolasini sut bilan boqadigan issiqqonli hayvonlar. Ko’pchilik turlari ning tanasi jun bilan qoplangan.

Sutemizuvchilar yer yuzasining deyarli turli qismlarida keng tarqalgan. Ularning 4000 turi borligi aniqlangan. Hayvonot olamida ular hukumronlik dilishadi. Sababi ularning orasida yashash sharoiti shuni taqozo etadigan yirtqichlar, o’txo’rlar va beozor bir muncha yirik sutemizuvchilar mavjud. Ularning tana tuzilishi, o’lchami va shakli har xil bo’ladi. E’tibor bering-ga; sutemizuvchilarni it misolida o’rganamiz. Uyda xonaki hayvonlarni kuzatganimizda, ularning tuzulishi murakkabligini anglab olishimiz qiyin emas. Itni qush bilan taqqoslab emas, balki sudralib yuruvchilar bilan taqqoslab o’rganish maqsadga muofiq bo’lardi. Chunki dastlabki sutemizuvchilarning ajdodi “yirik tishli” kaltakesaklar bo’lgan. Ular turli-tuman yashash- muhitdagi har xil sharoitga nihoyatda tezlik bilan moslashishlar- idioadaptasiyalar hosil qilgan. Eng qadimgi sutemizuvchilardan mamont, g’orda yashovchi ayiq, arslonlar bugun ham qadrlanadi.

Itning va boshqa ko’pchilik sutemizuvchilarning gavdasi savlatli va muskulli. Baquvvat oyoqlari ancha uzun bo’lib, sudralib yuruvchilar singari ikki yonida emas, balki tanasi ostida joylashgan. Ular harakatlanganida bormoqlariga tayanadi. Boshi albatta gavdasiga harakatchan birikkan, lekin qushlarnikiday 180 ga emas, 90 ga bura oladi. O’gzi yumshoq va harakatchan lablar bilan o’ralib, yuqorisida bir juft burun teshigi bor. Sutemizuvchilarni uchunchi qovog’i rivojlanmagan. Qulog’i haqida gaplashadigan bo’lsak ,barcha umurtqalilardan farq qilib “tashqi quloq va quloq sup rasi” rivojlangan. Shung uchun birinchi bo’lib xafni uyda it sezadi va javob qaytaradi.

Sudralib yuruvchilar terisining quruqlashib borishi yashashga moslashganligidan dalolat beradi, qushlarning pat va parlar bilan qoplanishi tana haroratini me’yorda `ushlab turishinin bildiradi, sutemizuvchilarning tanasi jun bilan qoplangan. Junlar tanada maxsus ildizchalarda o’sib chiqiqshiga e’tibor bering! O’simlik ildizlari tuproq ostida joylashgan bo’lsa, tananing tuklar ildizi, maxsus jun ya’ni soch xaltasida joylash gan. Xaltachaga yog’ bezlarining yo’li ochiladi. Bu bez sekret terini va junni moylab turadi. Junlari shuning uchun qayishqoq va suv yuqturmaydigan bo’ladi.

Uy qo’riqchisi itning, ustki uzun tuklarini tozalab turish kerak. Uning tashqi dag’al qiltiqlari ostida mayin tuklar bo’lib uning orasida havo ko’p bo’ladi, ular hayvon tana sidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Bunda uning kasallanishi oldini olgan bo’lamiz. Tajriba o’tkazamiz deb sho’x bolalar mushukning uzun va chiroyli mo’ylovlarini qirqishadi. Jonivorlarning tashqi-muhit bilan aloqasi buziladi. Bu oddiy jun demang, qushlarning pati va sudralib yuruvchilarning tangachalari singari muguz moddadan iborat. Itlar va boshqa sutemizuvchilar ham junlarini toza lab turadi, ya’ni tullaydi. Havo qizganida ovchi itinggiz bo’lsa unda shartli reflekslar hosil qildiraman deb, uni ko’p hararakatlantirmang. Chunki ularda boshqa sutemizuv chilar singari ter bezi rivojlanmagan. Uni charchatishingiz, tez-tez uzun tilini chiqarib nafas olishiga to’g’ ri keladi. U o’zini issiqdan shunday saqlaydi.

Sutemizuvchilarning barmoqlari beshta bo’lib, muguz tirnoqlari va tuyoqlari bo’ladi. Ba’zi shoxli hayvonlarning shoxi ham muguzdan iborat. Gavdasini tik tutishi skeletiga bog’liq. Skeletning tuzilishini qismlarga bo’lib o’rganish oson va qulay. Har bir ishni boshida intizom turaganidek, suyakni o’rganishni bosh skletidan boshlaymiz. Sutemizuvchilar aqlli hayvon bo’lganligi, miya qutisi boshqa umurtqali hayvonlarni kidan yirik.

Umurtqa pog’onasi bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlaridan iborat. 7ta umurtqadan iborat bo’yni sichqonlarda ham, jirafada ham qisqasi barchasida birdek.

Ko’krak qafasi keng chunki bir juft murakkab o’pka, yurakni qoplab turadi. Ko’krak qafasini esa, ko’krak umurtqalari 12-15 ta, qovurg’alar va tosh suyagi bilan birgalik da hosil qiladi. Bel bo’limi 2-9 ta umurtqa, itlarda oltita ekanligi aniqlangan. Dum g’aza bo’limidagi 3-4 umurtqalar chanoq suyaklari bilan qo’shilib ketgan. Dum umurtqasi, dumining uzunligiga bog’liq bo’lib, uchtadan bir nechta ontagacha bo’ladi. Oyoqlari huddi sudralib yuruvchilarnikiga o’xshash suyaklardan iborat. Bu suyaklar hamma sutemizuvchilarda bir xil bo’lmasdan,yashash sharoitiga bog’liq tuzilgan.

Oldingi oyoq kamari skeleti odamnikiga o’xshash ikkita kurak suyagini ko’krak tirgak suyagi bilan qo’shilishidan va ikkita o’mrov suyagidan hosil bo’lgan. Itlarning o’mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari, uch juft chanoq suyakdan hosil bo’lgan.

Sutmeizuvchilarning hayoti xilma-xil bo’lganligi, muskullarining murakkab va xilma-xil bo’lishini ta’minlaydi. Ko’pchilik sutemizuvchilarning orqa muskullari, qo’l va oyoq hamda kamar muskullari kuchli rivojlangan. Yirtqich hayot kechiruvchilar ning ostki jag’ muskullari ham, kuchli rivojlangan.

Itning ichki organizimini tuzilishi ko’p qismi odamnikiga oxshash. Shuning uchun odam sutemizuvchilar sinfiga keritiladi.

It eng qadimgi xonaki hayvon. O’rgatilgan itlar ibtidoiy odamlarning yaqin ko’makchisi bo’lgan. Ularning 300 dan ortiq zoti bo’lib; Nemis ofcharaksi, Kavkaz ofcharaksi, O’rta Osiyo ofcharaka, Janubiy ofcharaka, Shotlandiya ovcharka, ov itlari(tozi), laycha, iskovchi itlar, manzarali itlar(taksa, bolonka, pudel). Zotsiz it ko’ppak deyiladi.

Matn o’qilgandan keyin “Bilishni hohlayman jadvali” savollariga javob aniqlanib “+” bilan belgilanadi.

I. Mustahkamlash. 6 minut. Kemacha. Test tez va bexato bajarish.

I guruh


1. Sutemizuvchilarning o’ziga xos xusususiyati

A. bolasini sut bilan boqadi, jun bilan qoplangan, o’txo’rlar va go’sht xo’rlarga

ajratiladi. B. tirik tug’uvchi, sut bilan boquvchi. C. ikki xil ko’payadi, bolasini sut bilan boqadi.

2. Eng birinchi qo’lga o’rgatilgan sutemizuvchi.

A. it, B. ot, C. eshak

3. Mayin tuklar orasida nima ko’p bo’ladi.

A. Havo. B. Suv C. Yog’. D. Ter.

4. Junlarning ildizi qayerda joylashgan?

A. Maxsus jun xaltachada. B. yog’ bez larda. C. ter bezlarda. D. so’lak bezlarda.

4. Sutemizuvchilarning juni qanday moddan tuzilgan?

A. Muguz. B. Oqsil. C. Uglevod. D. Qattiq.

5. Itning qaysi bezi rivojlanmagan?

A. Ter. B. Yog’ C. So’lak. D. gipofez.

6. bosh skeletining o’ziga xos xususiyati.

A. Miya qutusi yirik. B. miya qutusi kichik. C. miya qutusi har-xil. D. Barchasi to’g’ri.

7. sichqonning bo’yin umurtqalar sonini aniqlang?

A. 7. B. 12. C. 5 D. 6-9 E. 8

8. Umurtqa suyaklarini to’gri joylashtiring? 1-dumg’aza 2- bo’yin, 3-ko’krak, 4-dum, 5-bel.

A. 2,3,5,1,4 B. 2,3,5,4,1 C. 3,2,4,5,1. D. 2,1,3,5,4

9. Qaysi umurtqalar chanoq suyagi bilan qo’shilib ketgan.

A. Dumg’aza. B. Dum D. bel. C. barchasi to’g’ri.

10. Oldingi oyoq kamar suyakalarini belgilang.

A. Ikkita kurak ,ko’krak tirgak suyagi bilan qo’shilaishi va o’mrov suyagi bilan birgalikda. B. kurak, ko’krak tirgak, o’mrov, suyak. D. chanoq, son, boldir, tovon. C. son, boldir, tovon panja.

11. Orqa oyoq suyagini aniqlang.

A. son, boldir, tovon panja. B. tovon, boldir ,panja suyaklari. C. yelka, bilak, tirsak . D. Orqa oyoq kamari chanoq suyagi uch juft suyakdan hosil bo’lgan.

12. Oldingi oyoq suyaklarini belgilang? 11-savolnming javobiga qarang!

Test yakullanadi. Guruh va o’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa “52-S” ga tayyorgarlik ko’rish. Mavzuni mustahkamlash uchun o’qish va rasm testlar ishlash.


Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling