Mavzu: Suv xo'jaligi korxonalarining elektr ta'minoti SUV XO‘JALIGI TASHKILOTLARI TOMONIDAN SANOAT VA ENERGETIKA TASHKILOTLARIGA TEXNIK SUV YETKAZIB BERISH BO‘YICHA KO‘RSATILGAN XIZMATLAR UCHUN HAQ TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA - SUV XO‘JALIGI TASHKILOTLARI TOMONIDAN SANOAT VA ENERGETIKA TASHKILOTLARIGA TEXNIK SUV YETKAZIB BERISH BO‘YICHA KO‘RSATILGAN XIZMATLAR UCHUN HAQ TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- 1. Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur Nizom 2019-yil 1-yanvaridan kuchga kiritilib, 2024-yil 1-yanvarga qadar 2-ilovada qayd qilingan sanoat va energetika tashkilotlariga yetkazib berilgan texnik suv uchun xizmat haqini hisoblashda, istisno tariqasida, 0,1 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Energetik qurilmalarni sovutish uchun ishlatiladigan texnik suv o‘z manbasiga qaytarilishi hamda tabiiy oqim va gidroelektrostansiyalar kanallaridagi suv ishlatilishini inobatga olgan holda “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi, “Toshkent issiqlik elektr markazi” unitar korxonasi hamda “Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lanmaydi. - Energetik qurilmalarni sovutish uchun ishlatiladigan texnik suv o‘z manbasiga qaytarilishi hamda tabiiy oqim va gidroelektrostansiyalar kanallaridagi suv ishlatilishini inobatga olgan holda “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi, “Toshkent issiqlik elektr markazi” unitar korxonasi hamda “Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lanmaydi.
- (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
- 3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
- manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda texnik suv yetkazib beriladigan sanoat va energetika tashkilotlarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda ular bilan belgilangan tartibda texnik suv yetkazib berish xizmati to‘g‘risida shartnomalarni rasmiylashtirsin;
Do'stlaringiz bilan baham: |