Mavzu: Suv xo‘jaligi ob’ektlarini loyihalarining qurilish bo‘limlarining tartibi. Reja
Download 55 Kb.
|
11-mavzu
Loyiha ishlari. Loyiha ishlari amaliyotidan ma’lumki suv xo‘jaligi, gidrotexnik qurilishlar va gidroenergetika sohasida bino va inshootlarini loyihalash ishlari sarfi kapital xarajatlarining o‘rtacha 2,5 foiz qismini tashkil etadi, ayrim obyektlarda esa 4 foizgacha etadi. Loyiha tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risidagi qonunga asosan tashkil etiladi. Ularning yo‘nalishi va maqomi belgilanadi. Loyiha ishlarining yuqori sifatida bajarilishi loyiha tashkilotlarining xususiyatlariga bog‘liq. Loyiha tashkilotlari maxsuslashgan bo‘ladi. Ular 2 ko‘rinishda: tarmoq loyiha tashkiloti, masalan O‘zdavsuvloyiha, O‘zdavmelioloyiha kabi va texnologik xususiyatli loyiha tashkilotlaridir.
Tarmoq loyiha tashkilotlari tarmoq xususiyatiga maxsuslashtiriladi. Ular asosan tarmoqning buyurtmasi va topshirig‘iga asosan faoliyat ko‘rsatadi. Texnologik xususiyatli loyiha tashkilotlari xalq xo‘jaligida bajarilishi kerak bo‘lgan loyihaning texnologik qisminigina bajaradi, masalan qurilish, transport, texnik – iqtisodiy, tabiat muxofazasi va boshqalar. Loyihalash amaliyotida loyiha tashkilotlari kompleks prinsipida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum ustunliklarga ega. Undagi obyekt bo‘yicha barcha masalalar bir loyiha tashkiloti tomonidan bajariladi. Bu obyektdagi barcha masalalarni bir biri bilan bog‘lashda qulayliklarga ega bo‘ladi. Loyiha obyektidagi barcha masalalarni va ularni bajarayotgan loyiha bo‘linma va tashkilotlari ishlarini koordinatsiyalash bosh loyihachi tashkilot tomonidan bajariladi. Bosh loyihachi tashkilot loyihani sifati va bajarilish muddati bo‘yicha ma’sul hisoblanadi. Bosh loyihachi tashkilot xar bir inshoot loyihasi bo‘yicha loyiha bosh muhandisini tayinlaydi. Loyiha bosh muxandisi tegishli loyihani sifati va bajarilishi uchun ma’sul va javobgar shaxs hisoblanadi. Obyektning barcha qismlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni koordinatsiyalaydi. U loyiha ishlarini bajarilishi bo‘yicha tashkilotchi, bajaruvchi va nazoratchi funkqiyalarini bajaradi. Loyiha bosh muxandisi obyekt loyihasining qismlari bo‘yicha muhandislarni aniqlaydi. Ularning xuquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Ayrim kichik inshootlarini loyihalash ishlarini amalga oshirish maqsadida joylarda loyiha guruhlari ham tashkil etiladi. Ular tarmoq va mahalliy xususiyatlari asosida faoliyat ko‘rsatadilar. Qurilish amaliyotda loyiha yechimlarini to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash maqsadida mualliflik kuzatuvi amalga oshiriladi. Mualliflik kuzatuvini loyiha tashkiloti bajaradi. Bu guruh qurilish jarayoni davrida loyihadan chekkaga chiqishlarini o‘z vaqtida aniqlash va belgilangan tartibda tuzatish uchun o‘z ta’sirini ko‘rsatishi kerak. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling