Mavzu: Suv xo‘jaligi ob’ektlarini loyihalarining qurilish bo‘limlarining tartibi. Reja


Download 55 Kb.
bet1/4
Sana02.02.2023
Hajmi55 Kb.
#1146507
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu


MAVZU: Suv xo‘jaligi ob’ektlarini loyihalarining qurilish bo‘limlarining tartibi.
Reja:

  1. Loyiha qidiruv ishlarini tashkil qilish.

  2. Loyiha ishlari.

  3. Qurilishni tashkil qilish va ishni bajarish loyihasi.

Loyiha deb - qurilishning maqsadga muvofiqligini texnik – iqtisodiy asoslash, hisoblar, chizmalar, smeta va belgilangan qurilishni amalga oshiruvchi boshqa hujjatlar to‘plami tushuniladi. Loyihada ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa muddatda ishga tushirish uchun qurilishni tashkil qilish va texnologiya masalari kam xarajatlar bilan ko‘proq xalq xo‘jaligi samarasini olish hamda qachon, qayyerda va qanday qurish hisoblari bajarilgan bo‘lishi kerak. Loyiha asosida obyektning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanishi kerak. Unda qabul qilingan variantning iqtisodiy samarali bo‘lishi aniqlanadi, alternativ variant bilan taqqoslanadi.
Suv xo‘jaligi qurilishida va umuman qurilish amaliyotida yirik obyektlarni loyihasiz qurishga ruxsat etilmaydi, ular loyihasiz moliyalashtirilmaydi. Loyihada obyekt qurilishi to‘liq asoslanishi kerak. Buning uchun obyektning joylashishish tarkibi xalq xo‘jaligidagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Loyiha variantini tanlashda qurilish muddati eng qisqa, ishlab chiqarish quvvatlarini tezroq ishga tushirish, uning iqtisodiy samaradorlik ko‘rstakichi va boshqa variantlarga nisbatan ustunligi ko‘rstaladi.
Qurilish ishlab chiqarishining qanchalik qulayligi, obyektning ishonchliligi bajarilgan loyihaning sifatiga bog‘liq. Shuning uchun loyihalar qurilishini va xalq xo‘jaligi o‘rtasida texnik rivojlanishining o‘tkazuvchisi(ulovchisi) hisoblanadi. Loyihalar loyihalash guruhlari yoki loyiha institutlari tomonidan tuziladi. Loyiha ishini bajarilishi xarakteri bo‘yicha loyiha oldi va loyiha bosqichlariga bo‘linadi.
Suv xo‘jaligida qurilishning loyiha oldi bosqichida suv resurslaridan kompleks foydalanish sxemasi, texnik- iqtisodiy asoslash yoki texnik- iqtisodiy hisob amalga oshiriladi. Texnik-iqtisodiy asoslash odatda buyurtmachilar tomonidan bajariladi. Bunda joyning kelajak rivojlanishi, ya’ni sanoatni va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini joylashishi, xizmat ko‘rsatish, ularning asosiy obyekt bilan bog‘lanishi kabi masalalari ko‘riladi. Ko‘rilgan bosqichda mintaqadagi suv resurslaridan unumli foydalanish, ya’ni suv iste’molchilarining zaruriyati hisobga olinadi. Bularga sanoatni, aholini va sug‘orish uchun suv ta’minoti hisoblanadi. Suv toshqinlari e’tiborga olinishi lozim. Bularni hisobga olib perspektiv va zaruriy obyektlar aniqlanadi.
Loyiha quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
a. Tushuntirish yozuvi;
b. Tabiiy sharoiti;
v. Iqtisodiy qismi;
g. Asosiy inshoot ;
d. Qurilishni tashkil qilish ;
e. Smeta hujjatlari;
z. Loyiha pasporti;
i. Patent izlanuvi;
k. Ishga tushiriladigan komplekslar.
Loyihaning qismlari aniq va tugallangan shaklda bo‘lishi kerak. Variantlarni hisobga olib asosiy loyiha yechimlari asoslanadi va xarakterlanadi. Ma’lum bo‘limlarida buyurtma va tarmoq xususiyati keltiriladi. Unda texnologik uskunalar, qurilish detallari, buyurtmalarni joylashtirish uchun tuzilmalar va materiallar, ularni tayyorlash va ta’minlash tartibi keltiriladi.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling