Mavzu: Suvdagi temir miqdorini aniqlash. Reja


Download 26.83 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi26.83 Kb.
#257493
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 32 fe miqdori

Temir (III) Fe2+ kationining reaksiyalari

1. Ammoniy sulfid (NH4)2S temir (II) ni temir sulfid- qora rangdagi cho`kma ko`rinishida miqdoran cho`ktiradi:

FеSO4+ (NH4)2S = FeS + (NH4)24

Fe2+ + S2- = FeS

Cho`kma kislotalarda oson eriydi.

Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi temir (II) sulfat eritmasi va 2 tomchi ammoniy sulfid eritmasi tomiziladi.

2. Uyuvchi ishqorlar temir (II) gidroksidni nim yashil rangdagi cho`kma ko`rinishida miqdoran cho`ktiradi:

FeSO4 + 2KOH = Fe(OH)2 + K2SO4.

Fe2+ +2ОH- =Fe(OH)2

Cho`kma xavoda tez ko`karadi, so`ngra temir (III) gidroksidga oksidlanishi natijasida ko`mir tusga kiradi.

Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi temir (II) sulfat eritmasiga 2 tomchi ishqor eritmasi qo`shiladi. Turganda rangining o`zgarishi kuzatiladi.

3. Kaliy geksasianoferrat (III) (qizil qon tuzi) K3[Fe(CN)6] to`q, ko`k cho`kma trinbul ko`kini ajratadi:

3FeSO4 + 2K3[Fe(CN)6] = Fe3[Fe(CN)6] + 3K2SO4.

3Fe2+ + 2[Fe(CN)6]3- = Fe3[Fe(CN)6)2.

Cho`kma amalda kislotalarda erimaydi, ammo ishqorlar bilan parchalanadi. Bu temir (II) tuzlariga eng seziluvchan reaksiya. Temir tuzlarining gidrolizini bartaraf qilish uchun reaksiya kislotali muxitda olib boriladi. Reaktivning ortiqchasidan qutilish kerak, chunki uning sariq rangi cho`kmaga ko`kimtir tus beradi.

Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi temir (II) sulfat eritmasi 1 tomchi suyultirilgan sulfat kislota bilan nordon qilinadi va 1 tomchi qizil qon tuzi eritmasi qo`shiladi.


Download 26.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling