Mavzu: Suvdagi temir miqdorini aniqlash. Reja
Download 26.83 Kb.
|
Mavzu 32 fe miqdori
Temir (III) Fe3+ kationining reaksiyalari
1. Ammoniy sulfid (NH4)2S temir (III) tuzining eritmalariga qo`shilganda qora cho`kma - temir sulfidni beradi: 2FeCl3 + 3(NH4)2S = Fe2S3| + 6NH4C1. 2Fe3+ + 3S2- = Fe2S3. Bu cho`kma kislotalarda eriydi.
2. Uyuvchi ishqorlar va ammiak qungir quyuqlashgan cho`kma-temir (III) gidroksidni ajratadi: FeCl3 + ЗКОН = Fe(OH)3 + 3KC1. Fe3+ +ЗОН- =Fe(OH)3 Temir (III) gidroksid kislotalarda eriydi, ammo ortiqcha ishqorlarda erimaydi.
3. Kaliy rodanid KSCN temir (III) tuzlarining eritmasi bilan temir (III) dissosilanmagan rodanidning hosil bo`lishi natijasida qizil-qon rangini beradi: FeCI3+ 3KSCN = Fe(SCN)3 + 3KC1. Fe3+ + 3SCN- = Fe(SCN)3. Keltirilgan reaksiyaning tenglamasi soddalashtirilgandir. Haqiqatda kaliy rodanid temir (III) tuzlariga ta'sir etganida qator temir rodanidli komplekslar hosil bo`ladi. Reaksiya qaytar, shuning uchun uning seziluvchanligini oshirish uchun reaktiv ortig`i bilan olinishi kerak. Reaksiyani kuchsiz kislotali muxitda olib boriladi. Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 1 tomchi xlorid ertmasi va 2 tomchi kaliy rodanid eritmasi tomiziladi. 4. Kaliy geksasianoferrat (II) (sariq qon tuzi) К4[Fе(СN)6] temir (III) tuzlarining neytral (yoki kislotali) eritmalaridan intensiv ko`k rangli cho`kma - berlin lazurini cho`ktiradi: 4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12КС1. 4Fe3+ + 3[Fe(CN)e]4- = Fc4[Fe(CN)6]3. Cho`kma kislotalarda sezilarli erimaydi, ishqorlar uni parchalaydi. Reaksiya juda seziluvchan va shuning uchun, odatda, analiz qilinadigan eritmalarda Fe3+ ionini aniqlash uchun qo`llaniladi. Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi temir xlorid eritmasiga 1 tomchi sariq qon tuzining eritmasi qo`shiladi. Download 26.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling