Mavzu: suvni qayta tozalash: samarali biotexnologiya
Download 1.22 Mb.
|
SUVNI QAYTA TOZALASH SAMARALI BIOTEXNOLOGIYA
MAVZU: SUVNI QAYTA TOZALASH: SAMARALI BIOTEXNOLOGIYA Suv, bu – hayot, degan taʼrif bejiz aytilmagan. Haqiqatan, tabiat neʼmatlarining ichida eng koʻp foydalanadigan suvni tejash, iflos qilmaslik, asrab-avaylash qadimda ham, hozirda ham dolzarb boʻlib qolmoqda. Ob-hayot resurslarining ifloslanishi va buzilishi turli organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar toʻplanishiga, tarkibida kislorodning kamayib yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bakteriyalarning paydo boʻlishiga olib keladi. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olishda sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindi suvlarni tozalash usullarini yanada takomillashtirib borish hamda ularni qayta ishlatish muhim oʻrin tutadi. Zavod va fabrikalarning toza suv isteʼmol qilishini kamaytirib, yopiq suv taʼminotiga oʻtkazilishi koʻp jihatdan foydali. — Sanoat korxonalarining oqovalari tarkibida neft mahsulotlari, fenol, ogʻir metall, fosfor birikmalari, boʻyoqlar qoldiqlari, toksikligi yuqori boʻlgan boshqa ifloslantiruvchi komponentlar mavjud, — deydi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi Gʻolib Shukurov. — Tozalash inshootlarida oqavalarning belgilangan talab darajasida tozalay ochiq suv havzalariga chiqarib tashlanishi atrof-muhitga salbiy taʼsir yetkazishi mumkin. Qoʻmitamiz “Oʻzsuvtaʼminot” tizimidagi korxonalar bilan hamkorlikda nazorat ishlarini amalga oshirmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida Toshkent shahar “Boʻz-suv aeratsiya stansiyasi”, “Salar” va “Bektemir” oqova suv tozalash inshootlari atrofida atmosfera havosi va suv resurslarining ifloslanishi holatlari yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi. 186 ta korxonaning lokal oqova tozalash inshootlari oʻrganilib, zarur choralar koʻrilmoqda. Ekologik holatni yaxshilash oʻz oʻrnida chuqur izlanishni talab qilishi tabiiy. Ilmiy tadqiqotlar orqaligina sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishimiz mumkin. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini maxanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti Madina Alimova oqova suvlarini organo-mineral moddalardan, ogʻir metallardan hamda patogen mikroorganizmlardan pistiya oʻsimligi yordamida tozalashning samarali biotexnologiyasini taklif qilmoqda. Suv betida qalqib oʻsuvchi, barglari yassi eshkaksimon mazkur koʻp yillik oʻsimlik tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan boʻlib, hozirgi kunda oʻlkamiz iqlim sharoitiga ham moslashtirilgan. Pistiyani oʻstirish yordamida qayta tozalangan oqova suvlar turli xil organo-mineral moddalardan va patogen mikroorganizmlar, yaʼni ichak tayoqchalari bakteriyalaridan ham tozalandi, — deydi Madina Alimova. — Oqova suvlarida oʻstirilgan pistiya biomassalari termik qayta ishlangandan keyin hayvonlar va parrandalarni boqishda, oqsil vitaminli va mineral ozuqa sifatida biooʻgʻit va biogaz olishda, shuningdek, tuproq tarkibini yaxshilashda “yashil oʻgʻit” sifatida foydalanish mumkin. Bunday tozalashlardan soʻng oʻsimlik va hayvonlar uchun patogen hisoblangan mikroskopik zamburugʻlar yoʻqolib ketadi va suvning oksidlanish darajasi kamayadi. Qayta ishlangan suvni texnik maqsadlarda hamda sugʻorma dexqonchilikda ham qoʻllash mumkin. Chunki oqova suv chiqindilardan, ogʻir metallardan tozalangan boʻladi. Yosh tadqiqotchi taklif etayotgan usulda oqovaning tozalanishi tabiatga yetkaziladigan zararni kamaytirishi barobarida suvdan unumli foydalanish imkonini ham beradi. Yana bir muhim tomoni, bu usul iqtisodiy jihatdan ham anchagina foyda keltiradi. Yetishtirilgan biomassani qishloq xoʻjaligida keng qoʻllash mumkin Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling