Mavzu: Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari. Reja
Download 37.28 Kb.
|
Oqova suv ta’rifi va oqova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari. Reja: 1. Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari
- 1.Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari
Xulosa: Binolardan yig‘ilgan oqova suvlar ko‘cha tarmoqlari orqai kollektorga qo‘shiladi. Kollektorlar esa, o‘z navbatida, bosh kollektorga yoki tozalash inshootlariga jo ‘natadi. Nasos stansi- yalari tarmoqlar nihoyatda chuqurlashib ketgan paytlarda o‘rna- tiladi. Tarmoqlar ishini kuzatish va ularni tozalab turish uchun ma’lum masofalarda kuzatish quduqlari va kameralari o‘rnatiladi. Yon tomondan qo‘shilishlarda, burilishlarda ham quduqlar o‘ma- tilishi zarur. Quvurlar tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishgani- da maxsus inshootlar (duker va estakada) yordamida oqova suvlar oqizdiriladi. Yomg‘ir suvlarini qabul qilish uchun panjarasimon qopqoqqa ega quduqlar ishlatiladi. Tekis relyeflarda quvurlaming yotqizilish chuqurligi borgan sari oshib boradi va qurilish ishlarining murakkablashishiga olib keladi. Shu sababli ularning chuqurliklari cheklangan va 6-8 m ni tashkil qiladi. Bunday chuqur joylardan oqova suvlar nasos stansiyalari yordamida uzatiladi. Nasos stansiyalari oicham i, shakli va o'rnatilgan joyiga qarab mahalliy, tuman va bosh nasos stansiyalari toifalariga boiinadi. Nasos stansiyalaridan oqova suvlar bosimli quvurlar yordamida uzatiladi. Mavzu:Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari. Reja: 1. Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari 2. Maishiy-xojalik oqova suvlari 3. Sanoat korxonalari hududida hosil boiadigan atmosfera oqova suvlari 1.Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari, sanoat korxonalari hamda ma’muriy binolarni obodonlashtirish- ning bir ko‘rinishidir. Inson faoliyatining deyarli barchasida turli chiqindilar hosil bo‘ladi. Shu chiqindilar ichida suyuqlari nihoyat- da xavfli hisoblanadi va ular oqova suvlar deb nomlanadi. Oqova suvlar deb insonning yashash va ishlab chiqarish faoli- yati mobaynida, yog‘inlar natijasida hosil boiadigan suyuq chiqin- dilarga aytiladi. Hosil bo‘lish jarayonida toza suv tarkibi xilma-xil chiqindilar bilan to‘yinadi va natijada o'ziga xos fizik-kimyoviy hamda mikrobiologik xossalarga ega boMadi. Aholi yashash joyla- rida va ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suv larni uch toifaga ajratish mumkin: Oqova suv - ilmiy texnik soha bo‘lib, tarmoqlar va inshootlar kompleks qurilmasida, aholi turarjoylari va sanoat korxonalarida paydo bo‘ladigan oqova suvlarni bir tartibda qabul qilish va ular- ni quvurlar yordamida tashqariga uzatish, tozalash, ulardan foyda- lanish yoki suv havzalariga tashlashdan oldin zararsizlantirishdan iborat. Ichki suv bilan ta’minlangan va oqova suvlarni oqizish quril malari bilan jihozlangan binolar oqova suv obyektlari hisoblanadi. Oqova suv ichki va tashqi oqova suvga bo‘linadi. Ichki oqova suv - oqova suvlarni qabul qilish va ularni bino- dan tashqariga, tashqi oqova suv tarmoqlariga oqizish uchun xizmat qiladi. Tashqi oqova suv - oqova suvlarni aholi turarjoyi yoki sanoat korxonalaridan tashqariga, tozalash bekatlariga oqizish uchun xizmat qiladi. Oqova suv ma’lum bir maqsad uchun - maishiy-xo‘jalik, sanoat va hokazolarga ishlatilishi natijasida ma’lum miqdorda ifloslan- gan suv boiib , aw algi fizik-kimyoviy xususiyatlari va xossala- rini o‘zgartirgan, shu bilan birga, aholi turarjoylaridan va sanoat korxonalari maydonlaridan yog‘ingarchilik natijasida oqib keladi- gan suvlardir. Oqova suvlar belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi. 1 Suvning tabiatiga ko‘ra oqova suvning quyidagi turlari mavjud: - ichimlik suvlarining ishlatilishi natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlar; - sanoat korxonalari maydonlarida yer ostidagi suvlarni tex- nologik jarayon uchun tashqariga tortib chiqarish natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlar; - maydonlarda yog'ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlar. 2 Oqova suvlar hosil bo‘lgan maydoniga qarab, ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: - sanoat korxonalarida - sanoat, maishiy-xo‘jalik va yog‘ingar- chilik tufayli paydo bo‘lgan suvlar; - aholi turarjoylarida hosil bo‘lgan suvlar - suvlarning barchasi aholi turarjoylaridan tashqariga chiqariladi. 3 Oqova suvlar chiqindilanish (ifloslanish) darajasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo'linadi: - sanoat suvlari; - maishiy-xo‘jalik suvlari; - yomg‘ir suvlari. 4 Oqova suvlar chiqindilanish xususiyatiga ko‘ra: - shartli toza; - chiqindilangan; - zaharlangan; - yuqumli kasallik tarqatuvchilar bilan chiqindilangan suvlarga bo‘linadi. 5 Oqova suvlar oqova suv tarmoqlariga doimiy tushishi holat- lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: - oqova suvlarning doimiy oqishi - maishiy-xo‘jalik va sanoat suvlari; - davriy ravishda oqova suv tarmoqlariga tushuvchi suvlar (ba’zi hollarda uzoq uzilish bo‘lishi mumkin), ya’ni yomg‘ir suvlari. Uchinchi guruhdagi oqova suvlarni ko‘rib chiqamiz. Bu uch toifadagi oqova suvlar tarkiban, hosil bo‘lish sharoitlari, notekisligi, jadalligi va xossalari bilan bir-biridan keskin farq qili- shi mumkin. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling