Mavzu: Suyuq organik o'g'itlarni sepish mashinalari Reja
Fizik- mexanik xossalariga qarab o’g’itlarni to’rt guruxga bo’lish mumkin
Download 32.06 Kb.
|
Mavzu Suyuq organik o\'g\'itlarni sepish mashinalari Reja
Fizik- mexanik xossalariga qarab o’g’itlarni to’rt guruxga bo’lish mumkin:
1) qattiq organik; 2) suyuq organik; 3) mineral donador; 4) changsimon o’g’itlar Shu guruxlarga mos ravishda o’g’it solish mashinalari xam bo’ladi. 2.Organik o’g’it solish mashinalari. Organik o’g’itlar sepadigan - 6 (11-rasm) mashinasi go’ng, kompost va boshqa organik o’g’itlarni dalaga sepish uchun xizmat qiladi. Ular gidravlik boshqariladigan ilmoq va elektr jixozlari uchun rozetkalar bilan jixozlangan. Bu mashina 1,4 klassdagi traktorlar bilan agregat xolda ishlatishga mo’ljallangan bo’lib, uning tuzilishi quyidagicha. O’g’it sepkich yurish qismiga maxkamlangan rama, kuzov kuch uzatmasi, sepish mexanizmi, elektr jixozlar, konveyerdan tashkil topgan. Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha kechadi: konveyer sepilayotgan massani sepish mexanizmiga keltiradi, bu massa maydalanadi xamda dalaga sepiladi. Agar massani dalaga sochmay, kuzovdan bo’shatish lozim bo’lsa, sepish mexanizmi olib qo’yiladi. Asosiy qismlari va ularning tuzilishi. Rama ko’ndalang bruslar, ustquymalar xamda taranglagichlar bilan biriktirilgan zigzag shaklidagi lonjeronlardan payvandlab yasalgan konstruksiyadir. Lonjeronlarning patki tokchasi konveyerning pastki tarmog’i uchun yo’naltiruvchi vazifasini o’taydi. Ramaning old qismida tirkash ilmog’i (prisep) xamda qotirib qo’yuvchi dastali tirak bor. Kuzovtub, old va yon bortlardan tashkil topgan. Bort konstruksiyasi asosiy va ulama qismlardan iborat. Bortlar mustaxkamroq bo’lishi uchun tayanch qobirg’alar bilan jixozlangan. Sochish mexanizmi o’g’itni maydalaydi va dala yuziga sochadi. U podshipnikli uzellarda aylanuvchi ikkita barabandan tashkil topgan. Barabanlarga kurakchalar payvandlangan pastki maydalovchi barabanga pona shaklidagi kurakchalar, yuqorigi (sochuvchi) barabanga esa chap va o’ngga yo’nalgan shnek shaklidagi kurakchalar payvandlangan. Maydalash barabani mufta, yuritish vali, yetakchi, yetaklanuvchi yulduzchalar va taranglash yulduzchasi xamda vtulka rolikli zanjir yordamida reduktorning oraliq validan xarakatga keltiriladi. Sochuvchi baraban yulduzchalar va zanjir yordamida maydalovchi valdan xarakat oladi. Zarur bo’lsa sochish mexanizmini, yuk ko’taruvchi mexanizimsiz, qo’lda ko’tarib olib qo’yish mumkin. Zanjir-plankali konveyer kuzovga yuklangan massani sochish mexanizmiga uzatish yoki kuzovni bo’shatish uchun xizmat qiladi. U planka - qirg’ichlar vositasida ikki tarmoqqa juft-juft qilib maxkamlangan to’rtta yuk zanjiridan tashkil topgan. Ikkala tarmoq yetakchi yulduzchalar maxkamlangan bitta valdan xarakatga keltiriladi. Tarmoqlar gaykani taranglash bolti yordamida aloxida- aloxida maxkamlanadi. mashinaning ishlashida zanjirlar uzayib ketadi, shuning uchun boltlar rezbasi kamlik qilgan hollarda zanjirning ikkitadan bo’g’inini olib tashlash yo’li bilan uni qisqartiriladi. Barcha zanjirlar bir xil taranglanishi lozim. -6 sepkichida ishlash tartibi quyidagicha: shinalardagi bosim, maxkamlangan joylar tekshirilib ko’riladi,old va yon bortlar ish xolatiga o’rnatiladi, kuch uzatmasi (kardanli val), tormoz sistemasi xamda jixozlari ulanadi. So’ngra QOV ishga tushiriladi va konveyerning ishlashi tekshirilib ko’riladi (kamida uch marta aylantiriladi). Krivoship belgilangan meyorga o’rnatiladi va kuzovga o’g’it yuklanadi. Ishlov berishni boshlashdan oldin uch marta tormozlash bilan tormoz sistemasi sinab ko’riladi. Qismlarning o’zaro to’g’ri ishlashi, deformasiyalar yo’qligi va moy xamda tormoz suyuqligi sizmayotganligi tekshiriladi. So’ngra dalaga chiqiladi va zarur tezlikda yurgizilib o’g’it sepiladi. Download 32.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling