Mavzu: Suyuq yoqilg`i olinishi va tavsnifi


Download 0.5 Mb.
bet2/6
Sana28.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1304749
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu yoqilgi

Neftning elementar tarkibi uning olinayotgan joyiga va ma’lum darajada qazib olinish, uzatilish va saqlanish sharoitiga qarab farqlanadi. Neftning organik massasining o’rtacha tarkibi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

  • Uglerod – 84-86%,
  • Vodorod – 12-14%,
  • Oltingugurt – 0,01-5 %,
  • Kislorod va azot – 1 % ga yaqin.
  • Odatda neft tarkibida 1 % ga yaqin suv va 0,2 - 0,4 % mineral qo’shimchalar bo’ladi

Neft tarkibida quyidagi uglevodorodlar ham mavjud:

Neft tarkibida quyidagi uglevodorodlar ham mavjud:

  • Parafin
  • Naften
  • Aromatik uglevodorodlar
  • Parafin — toʻyingan qattik uglevodorodlar aralashmasi. rangsiz, hidsiz, taʼmsiz modda

    Naftenlar -  (sikloalkanlarsiklanlar, yoki sikloparafinlar deb ham nomlanadi) siklopentan va siklogeksan qatorining toʻyingan uglevodorodlari, shuningdek, molekulasida 2 tadan 5 tagacha xalqasi boʻlgan murakkab bi- va politsiklik uglevodorodlar.

    Aromatik uglevodorod — molekulasida benzol yadrosi boʻlgan uglevodorod. Aromatik uglevodorodning asosiy vakili benzol (C6H6)

Neft tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bo`yicha 4 guruhga bo`linadi.

Neft tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bo`yicha 4 guruhga bo`linadi.

  • To`yingan yoki parafin uglevodorodlar, umumiy formulasi:
  • To`yingan uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada qaynaydigan (yengil) fraktsiyalarda ko`proq bo`ladi. Bu uglevodorodlarning birinchi 4 ta vakili 0°S haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo`ladi. Bularga: metan CH4, etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10 kiradi. To`yingan uglevodorodlarning beshinchi vakili pentan C5H12 dan C16H34 vakiligacha suyuq holatda va C17H36 dan boshlab qattiq holatda bo`ladilar.

2. Naften uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n . Bu uglevodorodlar tsiklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. 3.Aromatik uglevodorodlar, umumiy formulasi: CnH2n-6 , Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften uglevodorodlarga nisbatan oz miqdorda (5-20%) uchraydi Ularning birinchi vakili benzol,bo`lib, uning benzin tarkibida bo`lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori temperaturada detallarga yopishib qurum va qotishmalar hosil qiladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling