Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Download 75.23 Kb.
bet11/19
Sana02.06.2024
Hajmi75.23 Kb.
#1837685
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Brass usuli

Brass usulida suzish chindan ham eng qadimiydir. U shuning uchun ham qadimiyki, odam suvga u yoxud bu sabablarga ko`ra tushar ekan, albatta brass usulida suzishning qandaydir elementlarini bajaradi, endigina suvga tushgan odam ham, suzishni o`rganishni maqsad qilib olgan bola ham shartli ravishda brassdagi harakat elementlarini bajaradi. Buning sababi mazkur suzish usulining oddiyligida, uning hayotga yaqinligidadir. Hatto yerda o`tiradigan bola ayrim vaqtlarda oyoqlarini ikki yoniga bukib brass holatini oladi. Bejiz emaski, sport mutaxassislari brass usulini tusha suzish usuli deyishadi.


Brass usulida suzish sportda XVI-XVII asrlarda Yevropada keng tarqalgan edi. Hatto nemis o`qituvchisi Nikolay Vinema suzish sportiga oid asari («Vodolaz») da brass usulini bayon qilar ekan, uni qurbaqaning suzishiga o`xshatadi. Inglizlar bu usulni «ko`krakda suzish» deb ta`riflaganlar. Frantsuzlar
esa brasscha suzish deb nomlaganlar. Keyinchalik suzishning bu usuli faqat sport
musobaqalarida emas, balki harbiy mashq sifatida ham keng yoyiladi va bora-bora qo`shinlarda uni o`rgatish; maxsus tayyorgarlikdan o`tish kabi jangovar mashqlar qatoridan o`rin oladi.
Brass usuli qanchalik keng tarqalgan bo`lishiga qaramay, u olimpiada o`yinlaridagi musobaqalarga ko`p vaqtgacha kiritilmay keldi. Faqat 1908-yili Londonda bo`lib o`tgan IV Olimpiadada mustaqil sport turi sifatida o`yinga kiritildi.
Ma`lumki, brass usulida suzishning tezligi past bo`lgan. Hozir ham nisbatan shunday. O`sha paytlarda nemis suzuvchisi Rademaxer tezlikni oshirish uchun burilish va finish oldida qo`llarni havoda ko`tarib «uchish» harakatlarini qo`shdi. 1928-yili Amsterdam (Gollandiya) da bo`lib o`tgan musobaqalarga filippinlik T. Il’defonso suv ostida songacha suvni eshish harakatlarini kiritdi. 1956-yildagi Mel’burn (Avstraliya)da bo`lgan XVI Olimpiada o`yinida sovet suzuvchi sportchisi X. Yunichev 200 metrlik masofaga suzishda «Sho`ng’ib brass» usulini qo`llab tezlikni yana ham oshirishga muyassar bo`ldi. Ammo keyinchalik suvga sho`ng’ib brasscha suzish man qilindi.
Yillar o`tib brass usulida suzishning texnikasi takomillashib. boraverdi. Bir qator elementlar yangilandi, qo`shildi. Masalan, urushdan keyin gollandiyalik trener M.Braun o`z shogirdi A.Xaan bilan birga izlanishda bo`lib, o`ziga xos yangilik kiritdi. Ular boshni suvdan ko`tarmagan holda qo`llar bilan eshib, oyoqlar suvni depsilayotgan vaqtda panjalar yordamida suvni o`ziga tortish va shu paytda boshni ko`tarib nafas olishni qo`lladilar.
Xullas, brass usulida suzish ancha takomillashtirildi. Bu usulning hayotda amaliy ahamiyati ham kattadir. Masalan, cho`kayotganlarni qutqarishda, narsalarni olib o`tishda, zaruriyat taqozo qilganida kiyim-bosh bilan suvga tushib suzishda bu usul juda qo`l keladi. Chunki asosiy itarish kuchi oyoq bilan bajariladi, qo`llar esa biror boshqa ishni bajarishi, ya`ni, masalan, cho`kayotgan odamni ushlab suzish mumkin.
112
3.4-rasm

Download 75.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling