Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Download 75.23 Kb.
bet10/19
Sana02.06.2024
Hajmi75.23 Kb.
#1837685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Qo`llar harakati. Aytaylik, qo`llar bilan suv ustida qilinayotgan harakat tugadi, endi to`g’ri uzatilgan qo`llarni yelka kengligida oldin panja, keyin bilak va yelka suvga botiriladi. Suvga botgan to`g’ri holatdagi qo`llar oldinga va pastga harakat boshlaydi. Buni suzish texnikasida qo`lni suvga botirish va suzish bosqichi deyiladi. Bu bosqichdan keyin eshishning tayanch qismi boshlanadi. Bunda qo`llar tirsak va bilak-panja bo`g’imlaridan bukila boshlaydi va pastga harakatini davom ettiradi, panjalar suzuvchi harakatlanayotgan tomonga perpendikulyar holda yaqinlashadi. Suv sathi bilan qo`llar oralig’idagi burchak 30° ga yetganida bu bosqich tugaydi. endi eshishning asosiy qismi boshlana-da: qo`llar hozir aytganimizdek, pastga va orqaga harakatlana borib, tirsak bukimidan bukilishda davom etadi va taxminan 125° ga yetganda tortish kuchi eng cho`qqisiga chiqadi, panjalar esa vertikal holatga kelib harakatini davom ettiradi. Qo`llarni suvdan chiqarish oson bo`lishi uchun eshishning asosiy qismini tugatish oldida panjalarni orqaga va biroz tepadan chetroqqa olish lozim.
Qo`llar suvdan olishda navbat bilan yelkalarga, so`ng bilaklar va panjalarga keladi. Bunda qo`llar tirsak bo`g’imidan xiyol bukiladi. Keyin qo`llarning suv
ustidagi harakati boshlanadi. Bunda ikkala qo`l deyarli cho`zilgan holatda,
zo`riqmay, ammo tezlik bilan harakatlanishi lozim. Panjalar kaft yuzasi bilan suv tomonga qaratiladi va faqat suvga kirish oldida bilak bilan birga pastga yo`naltiriladi. Shu bilan del’fincha suzishning bir sikli tugaydi.
Nafas olish va chiqarish. Ma`lumki, qo`llar bilan eshishning asosiy qismi bajarilayotgan vaqtda elka kamari eng yuqori cho`qqiga ko`tarilgan payt bo`ladi, bosh suvdan chiqadi va nafas olinadi. Bu vaqtda qo`llarni suv sathidan ko`tarib ishlashning birinchi yarmi tugaydi. Keyin bosh suyagi yuz tomon bilan tusha boshlaydi, qo`llar suv sathidan ko`tarib tushishi tugaydi. Sal o`tmay nafas chiqariladi.
Oyoqlar harakati. Del’fincha suzishning o`ziga xos tomoni oyoqlarning bir vaqtda yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga to`xtovsiz harakat qilishi va tananing faol ishtirok etishidir.
Tayyorlanish harakati oyoqlarni paydan yuqoriga harakatlantirish bilan boshlanadi. Buning uchun: oyoqlar eng pastki nuqtaga tushirilgan, tizzadan xiyol bukilgan, panja ichkariga qaragan bo`lishi kerak. Chanoq-son bo`g’imi tanaga nisbatan taxminan 155° burchak ostida bukilgan (son-qorin burchagi). Tana ustki qismigacha suvga botib turadi. Harakat oyoqlarni cho`zib yuborib, chanoq-son bo`g’imidan yozgan holda belni xiyol bukishdan boshlanadi. Oyoqlar to gorizontal holatga kelgunicha to`g’ri uzatgan vaziyatda yuqoriga harakatlanadi, so`ng tizza bo`g’imida taxminan 130° burchak ostida bukiladi. Bu paytda panjani ichkariga qaratiladi, tizzalar esa bir-biridan 15-20sm atrofida ajralib turadi. Shundan keyin ishchi harakat boshlanadi - yuqoridan pastga, ya`ni oyoqlarni tizza va boldir-panja bo`g’imlaridan yoza boshlanadi va shu paytning’ o`zida chanoq-son bo`g’imidan hamda beldan yuqoriga bukishga o`tiladi. So`ng boldir va panjalar zudlik bilan pastga harakat qiladi, bel va chanoq suv yuziga yaqinlasha boshlaydi. Qachonki, oyoqlar tizaa bo`g’imidan butunlay yozib yuborilganda ishchi harakat tugagan hisoblanadi.
Har qanday sportcha suzishda harakatlarning bir-biriga uyg’unlashuvi, monand kelishi shart bo`lganidek, del’fincha suzish usulida ham oyoq-qo`llar
harakati va ularga monand tana harakati masofaning oxirigacha bir-biriga mos
kelishi, bir-birini quvvatlab borishi shart. Buning uchun qo`llar oldinga cho`zilib suza boshlaganda bosh suvga botib turishi, oyoqlar yuqoridan pastga birinchi zarb bilan depsinishi va bu qo`llar suzishni tamomlayotganda tugallanishi kerak. So`ng qo`llar eshishning tayanch qismi bilan asosiy qismining uchdan birini bajarayotganida eng yuqori holatni olishi lozim. Qo`llar eshish asosiy qismining qolgan uchdan ikki qismini bajarayotganida oyoqlar bilan ikkinchi zarb beriladi. Qo`llar chanoq ro`parasidan o`tayotgan paytda esa oyoqlar bilan zarb berish tugallanadi. Qo`llar suvdan ko`tarilib, suv ustidan o`tayotgan va oyoqlar suvga kirayotgan paytda ikkinchi marta eng yuqori holatga o`tiladi. Shu bilan bir sikl tugagan bo`ladi (1 min da 54-64 sikl bajarish mumkin). Mana, nima uchun del’fincha suzishning bu usulini ikki zarbli del’fincha suzish deyiladi. Bunda qo`llar bilan zo`r berib eshish ularni tirsak bo`g’imidan chaqqonlik bilan bukish, yozish va burishlar bilan amalga oshiriladi. Bularning hammasi qo`llar, yelka kamari va tana mushaklari yordamida bajariladi. Suvni zarb bilan panjalar yordamida tepish, qo`llar yordamida suvni orqaga itarish bilan gavdani oldinga itqitish, nihoyatda bir-biriga monand tushishi kerak.

Download 75.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling