Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Cho`kayotgan odamni qutqarish


Download 75.23 Kb.
bet16/19
Sana02.06.2024
Hajmi75.23 Kb.
#1837685
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Cho`kayotgan odamni qutqarish. Cho`kayotgan odamni qutqarish har bir insonning burchidir. Bu burchni ado etish uchun albatta, suzishni yaxshi bilish kerak.
Qutqarishning bir necha usul va amallari bor. Masalan, suvga cho`kib borayotgan odamni suv oqimi qutqaruvchi tomonga oqizib kelayotgan bo`lsa, qutqaruvchi cho`kayogan kishi oldiga burchak hosil qilib, suzib chiqishi lozim;
Hushidan ketgan odamni suvdan olib chiqish quyidagicha bajariladi:
  1. cho`kkan odamning sochidan ushlanadi va oyoqlarni brass usulida harakatlantirib, yonboshlab, bo`sh qo`l yordamida suzib olib chiqiladi;


  2. cho`kkan odamning iyagidan ikki; qo`l bilan bosh tarafidan kelib ushlanadi va chalqancha yotgan holda brass usulida oyoqlar bilan harakat qilib suzib olib chiqiladi;


v) cho`kkan odamning orqa tomonidan bir qo`lni ikki qo`ltig’idan o`tkazib ushlab, ikkinchi bo`sh qo`l bilan yonboshlab suzib, oyoqlarni ham shu usulga ko`ra harakatlantirib olib chiqiladi;


g) qo`lni cho`kkan odamning bir qo`ltig’idan o`tkazib, iyagidan ushlab yonboshlab suzish harakatlari bilan olib chiqiladi va h. k.
Qutqarish usuli qanday bo`lmasin, cho`kkan odamga sharoitga qarab nafas olishiga imkon berish kerak, bu hech qachon esdan chiqmasligi shart bo`lgan, birinchi navbatda qilinadigan vazifadir.
Shu o`rnida bir voqeani o`quvchilar e`tiboriga havola qilmoqchimiz.
O`zingiz bilasiz, hayotda nimalar bo`lmaydi, qanday odamlar uchramaydi, deysiz. Kunlarning birida shahrimizda barpo etilayotgan yangi turarjoy dahasi hududida yer qazish ishlari tufayli, ko`lga teng kelib qoladigan sun`iy suv havzasi paydo bo`ldi. Yoz kelish bilan bu bolalarning maza qilib cho`miladigan maskaniga aylandi. Suv tiniq, jozibali, orombaxshligi bolalarnigina emas, kattalarni ham
o`ziga chorlar edi. Kun issiq, oftob badanni qizdirardi, bolalar baqiriq-chaqiriq
qilib cho`mila boshlashdi. Suv bo`yiga bir payt besh ulfat to`rva-xaltalarini ko`tarib, bir maza oshadigan bo`ldik, deb kelib qoladilar. Odatda, suvni sevadigan bolalar yanada maroqli cho`milish yo`llarini izlab topishadi, katta-katta yog’och doiralar (disk) ustira 5-6 tadan bola chiqib olib, «ko`l» bo`ylab suzib yurishar edi. Buni ko`rgan haligi besh ulfat darhol doiralardan birini bolalardan iltimos qilib olishadi.
Beshovlon bir bo`lib doiraga chiqib o`tiradilar. Yigitlardan faqat biri suzishni bilmas edi. Ular juda xursand, o`zlarini bamisli daryoda - qayiqda ketayotgandek his qilishardi, Suvda cho`milib yurgan bolalardan birining sho`xligi tutib, sekin- asta suzib keladi-yu, ular o`tirgan «qayiqni» ag’darib yuboradi. Ular baravariga suvga tushib ketadilar. Shunda yigitlardan biri suzishni bilmaydigan do`stini eslab qoladi va zudlik bilan u tomonga suzib borib, qo`rquvdan talvasaga tushayotgan og’aynisini suvdan olib chiqadi. Yaxshiyamki bu yigitning suzishni bilmasligidan bir kishi bo`lsa ham-xabardor ekan, aks holda ko`ngilsiz hodisa ro`y berishi mumkin edi. Qutqaruvchi yigit tajribali suzuvchi bo`lgani tufayli suvda oqilona harakat qilib, dam do`stiga, dam o`ziga nafas olishga imkon yaratadi.
Ma`lumki, cho`kayotgan odam ongli harakat qilmaydi. Qo`llarni osmonga emas, pastga olishni u xayoliga ham keltirmaydi. Dod solib qo`llarini suv urgancha tepaga ko`taraveradi, natijada suv o`z qa`riga tortib ketadi. Aslini olganda, odamzodni cho`ktiradigan narsa - mana shu qo`rquv, dahshat vasvasasidir. Odam qo`rqib ketmasa, u o`zini suvda tutib tura oladi. Suzishga o`rganayotganda hammamiz ham shu hissiyot paydo bo`lganidagina suzib yotganmiz. Chunki xuddi shu paytda bizda ongli harakat qilishga erkin ixtiyor tug’ilgan.
Cho`kayotgan odam jon holatda unga yordamga kelgan kishini duch kelgan yeridan mahkam tutib olishi mumkin. Bunday vaziyatda qutqaruvchi esa hushini yo`qotib qo`ymasligi kerak. Masalan, cho`kayotgan kishi uning ikki bilagidan tutib qolganida, qutqaruvchi qo`llarini pastdan yonga siltab, chiqarib olishi, bordi-yu, cho`kayotgan odam uning orqa tomonidan, bo`ynidan ikkala qo`li bilan ushlab olsa, darhol uning bosh barmoqlaridan tutib ajratib, qo`lini qo`yvormagan holda,
o`zining oldiga uning orqasini qilib o`tkazib olishi lozim. Agar cho`kayotgan odam
old tomondan bo`yinga yopishib olsa, tizzani unga tirab, yengidan itarib ajratish lozim. Shunday hollar ham bo`ladiki, cho`kayotgan kishi sizga mahkam yopishib oladi. Bunday holatda bir zum suv tagiga tushish, ya`ni cho`kayotganday harakat qilish kerak. Shunda sizni o`zi qo`yib yuboradi va suvdan chiqishga o`zi talpinadi, harakat qiladi va yordam berayotganda boshqa qarshilik ko`rsatmaydi.
Xullas, cho`kayotgan odamni qutqarish, unga yordam berish yoki suv tubidan cho`kkan odamni olib chiqish o`ziga xos usul va amallarga ega. Suzishni biladigan, ayniqsa, sportchi suzuvchilar har qanday vaziyatda ham yordamga shay bo`lishlari lozim.
Suvdan qutqarib chiqilgan odamning ahvoli odatda, har xil bo`ladi. Ba`zilari yengil - sal og’iz-burniga suv kirgan, yo`talib, o`qchib, qusib, keyin tuzalib ketadi, Boshqa birlari og’irroq - o`pkaga suv kirgan, nafas olishi qiyinlashib qolgan, afti- angori ko`karib ketgan bo`ladi. Bundaylarni albatta, tezlik bilan shifokor qabuliga eltish kerak. Uchinchi xildagilar esa ancha og’ir - hushini yo`qotgan, nafasi to`xtab qolgan, ammo yuragi sekin-sekin urib turgan bo`ladi. Bundaylarga shu zahoti - bir daqiqa ham o`tkazmay, zudlik bilan sun`iy nafas oldirish zarur.

Download 75.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling