1. Multimedialardan foydalanishning ahamiyati
Download 1.98 Mb.
|
chet tili Multimedia Laylo.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
TERMEZ DAVLAT UNIVERSITETI. IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI. MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI. 3-KURS 320-GURUH TALABASI. NORSAYIDOVA LAYLONING. Maktabgacha ta'limda chet tillarni o’qitish metodikasi FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIMAVZU:MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O’RGATISHDA MULTIMEDIALARDAN FOYDALANISHReja:1.Multimedialardan foydalanishning ahamiyati.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatishda multimedialardan foydalanishXulosaFoydalanilgan adabiyotlarMultimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi.Multimedia texnologiyalaridan foydalanish Uslubiy xususiyatlar: ○multimedia taqdimotlaridan foydalangan holda darslar kompyuter sinflarida multimedia proyektorlari, rezident ma'lumotnomalar, avtomatlashtirilgan o'quv tizimlari, turli dasturlarning video yozuvlari va boshqalardan foydalangan holda o'tkaziladi; amaliy mashg'ulotlarda har bir talabaga alohida kompyuter ajratilishi kerak, bunda uning sinf kodi va talabaning familiyasi deb ataladigan shaxsiy papkasini yaratish maqsadga muvofiqdir; individual yondashuvni, shu jumladan individuallashtirilgan o'quv dasturlarini, ko'p bosqichli vazifalar bankini (amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari uchun) keng qo'llash kerak;Multimedianing eng muhim xususiyati interfaolik - axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o'tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta'minlangan dasturiy vositalarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o'z ichiga interfaol interfeys va boshqarish mexanizmlarini qamrab oladi. Undan tashqari multimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o'zi dizayn bilan shug'ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (xarakatsiz) va dinamik (xarakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o'z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin. Sinf muhitini yaxshilash uchun qo’shiq va harakatli o’yinlardan foydalanish. Moslashuvchan sinf atmosferasini yaratish, ba'zida har qanday ta'lim usulidan ko'ra muhimroqdir. Sinfda dars boshida inglizcha yoqimli qo'shiq bilan o'qituvchi boshchiligidagi barcha bolalar birgalikda qo'shiq kuyladilar va uning ohangiga mos ravishda biroz raqsga tushadilar. Bu o’z-ozidan ularning tanalarini chiniqtirib, yanada tetik bo’lishga va qo’shiqni so’zlarini tezroq yod olishga yordam beradi. Inglizcha muhit, muhimi, yaxshi o'quv atmosferasiga tabiiy ravishda kirishga imkon beradi. Bolalarning o'zini-o'zi boshqarish qobilyati sust bo’lib, butun mashg'ulot davomida e’tiborini jamlashi va egallab olishi qiyin. Shuning uchun, o'qituvchi bolalar tinglashni yaxshi ko'radigan qo'shiqlarni, she'rlarni yoki tilni chiniqtirish uchun tez aytishlarni, yoki bo’lmasam bolalar yaxshi ko'radigan animatsion multfilmni taqdim etishi kerak. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Hozirgi kunda Xitoydagi barcha bog’chalar multimedia qurilmalari bilan ta’minlangan. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda. Multimedia orqali o’qitish tarbiyachiga katta imkoniyatlarni beradi. Bunda bollalarning qiziqishini yuqori darajagacha ko’tarish va ularning e’tiborini uzoq vaqt jalb qilib turish mumkin. Bu orqali bollarning tilga bo’lgan ko’nikmalarini yanayam ortganini korishimiz mumkin. Agarda mavzuyimiz “Animals” bo’lsa biz har xil hayvonlarni nomlarini o’qitishda avval ularning tovushlaridan foydalanamiz bolalar bunga qattiq e’tibor qaratishadi, va shu zahotiyot cat、tiger、bear….deb hayvonlar nomlarini ayta boshlashadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling