1. Multimedialardan foydalanishning ahamiyati
Download 1.98 Mb.
|
chet tili Multimedia Laylo.
Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi.tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: − kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; − chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; − ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; − CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydiAgarda biz chet tili darsini dars emas, balki o’yin shakliga keltirsak kichik yoshdagi bolalarni qiziqishini yanada oshiradi. Shu bilan birgalikda ularning aktivlik darajasi ham o’sib boradi. O’yining turlari juda ko’p misol uchun tarbiyachi “qopda nima bor degan” o’yini bolalar bilan o’ynashi mumkin. Xonadagi kichik buyumlarni xaltachaga solib, bolalarga birma bir olishriga ruhsat beradi va bolalar bu buyumlar nomini ingliz tilida aytib berishadi. “Is it a banana(an apple、an orange)?” tarbiyachi baholashga kirishadi, va eng ko’p bal to’plagan guruhni taqdirlaydi. Shu bilan bolalar yanada chet tiliga bo’lgan qiziqishlari o’sib boradi. kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin. - aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo'g'liq bo'lgan o'yinlar; - multfilmlar; Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunma- sada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling