Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Download 164.39 Kb.
bet13/19
Sana23.04.2023
Hajmi164.39 Kb.
#1392576
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.

Ishchi harakat oyoqlarni birin-ketin - chanoq-son bo`g’imidan, tizzadan orqaga - yonga va sal pastga tomon zarb bilan yozishdan boshlanadi. Bunda eshish harakatini va bor kuchni panjalar bilan boldirlarga berish kerak. Oyoqlar uzatilib, panjalar uchi cho`zib yuborilganida ishchi harakat tugab, tayyorlanish harakatiga o`tiladi va h. k.
Brass usulida ham xuddi boshqa suzish turlaridek harakatlarning uyg’unlashuvi juda muhim omil hisoblanadi. Masalan, dastlabki bosqichda, ya`ni qo`llar bilan oyoqlar uzatilgan, bir-biriga biriktirilgan paytda ishchi harakatini qo`llar bajaradi, oyoqlar uzatilganicha va bo`shashganroq holatda turadi. Qo`llar ko`krakka keltirilgan paytda oyoqlar yig’iladi, qo`llar oldinga cho`zilganda oyoqlar zarb bilan suvni tepadi va gavda olg’a siljib ketadi. Shundan keyin sikl qayta takrorlanadi.
Hozirgi vaqtda brass usulida 100 va 200 metr masofaga suzish bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi. Kompleks suzishlarda 200-400 metrga suziladi. Mazkur suzish usulini rivojlantirish, takomillashtirish va yuqori ko`rsatkichlarga erishishda quyidagi sportchi suzuvchilarining nomlari dunyoga tanilgan: S.Boychenko (Moskva), L.Meshkov (Leningrad), V.Minashkin (Leningrad), M. Sokolova (Moskva) L.Kolesnikov (Moskva), G.Prozumen’shikova (Sevastopol’), G.Prokopenko (L’vov), Svetlana Babanina (Toshkent), I.Pozdnyakova (Moskva), V.Kosinskiy (Vorkuta), N.Pankin (Moskva), X.Yunichev (RF), M.Xryukin (Voronej), Lyubov’ Rusanova (Krasnodar), M.Gavrish-Firsova (Kiev), I.Zaseda (Kiev), A.Tutkaev (Tbilisi), L.Porubayko (Krasnodar), I.Fetisova (Leningrad), Marina Yurchenko (Odessa), evi Uusmess (Tallin), V.Volkov (Moskva),
E.Kliment’ev (Minsk), D.Kuz’min (Moskva), E.Volkova (Leningrad),
S.Kuz’mina (Kuybishev), Yu.Kis (Olmaota) R.Julpa (Litva), A.Kachyushite, E.Vasil’kova, S.Varganova, S.Alimbaeva (Moskva), A.Buzelite (Vil’nyus), L.Belokon’ (Toshkent), E.Vavilova, (Toshkent).

Yonboshlab suzish


Yonboshlab suzish nomidan ham tushunib turibmizki, chalqancha yotib emas, ko`krak bilan ham yotib emas, balki yonga yotib suzishdir. Bu suzish usulining amaliy ahamiyati shundaki, bir qo`l istalgan vaqtda bo`sh bo`lishi, biror narsa - buyumni ushlay olishi mumkin. Shuning uchun ham yonboshlab suzish usulini harbiy xizmatchilarga o`rgatish ular faoliyatida juda qo`l keladi. Masalan, suv tegishi mumkin bo`lmagan asbob-uskunalar, qurol-aslahalar, o`q-dorilarni daryoning bir sohilidan ikkinchisiga olib o`tishda xuddi shu suzish usuli qo`llaniladi. Hatto, bolalar ham cho`milayotganlarida kiyimlarini bir qo`llarida tutib, yonboshlab suzgan holda suvning bu betidan u betiga olib o`tadilar. Biz mazkur usulda suzishni ta`riflaganimizda bir qo`llab suzishni emas, balki ikki qo`ylab suzishni va bunda oyoqlar harakatini, nafas olishni o`rgatishni lozim topdik.



Download 164.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling