Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish
Download 164.39 Kb.
|
Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlarning umumiy uyg’unlashuvi.
Oyoqlar harakati. Bunda ham suzuvchi tayyorlanish va ishchi harakatlarni bajaradi.
Yuqoridagi oyoqning tayyorlanish harakatida uning dastlabki holati tana uzunligini davom ettirgancha to`g’ri turadi. Harakatini boshlaganida tizza va chanoq-son bo`g’imlaridan bukib oldinga tomon harakat oladi. Tana bilan son, son bilan boldir oralig’idagi burchaklar 110-120° ga yetganida, panjalar yuqori boldir tomonga qattiq tortilganida tayyorlanish harakati tugaydi. Yuqoridagi oyoqning ishchi harakati tayyorlanish harakati tugagan vaqtdan boshlanadi. Ya`ni oyoq butun bo`g’imlaridan qattiq va tez harakat bilan yoziladi. Panja esa oyoq yozilish oxirida oldinga bukilib (oldingi holatidan yozilib), suvni zarb bilan itaradi va dastlabki holatini oladi. Shu paytda sirg’anish yuz beradi. Pastki oyoqning tayyorlanish harakatida uning dastlabki holati yuqori oyoqnikiga o`xshab turadi, ya`ni ular bir-biriga birikib parallel turadi. Harakat boshlanganida uchala bo`g’imidan bukilib orqaga harakat oladi. Shuning uchun chanoq-son bo`g’imidagi bukilish burchagi juda kam bo`ladi. Harakat davom etib borib, sonning orqaga bukilib borishi taxminan 165-175°ga, son bilan boldir orasidagi burchak 85-90° ga etganida tayyorlanish harakati tugaydi. Oyoq shu paytda eng oxirgi erkin nuqtasiga etib kelgan, panja esa xiyol ichki tomonga burilgan holda yozilgan bo`ladi. Pastki oyoqning ishchi harakati hozir aytib o`tgan tayyorlanish harakati tugagan vaqtdan boshlanadi. Ya`ni oyoq chanoq-son va tizza bo`g’imidan qattiq kuch bilan tez yoziladi, panja usti bilan suvni orqaga zarb bilan itaradi. Shunday harakatida pastki oyoq yoy hosil qilib harakatlangan bo`ladi. Tana olg’a sirg’anadi. Harakatlarning umumiy uyg’unlashuvi. Yonboshlab suzishda tananing dastlabki holati yonlama cho`zilgan vaziyatda bo`ladi. Bunda oyoqlar bo`y baravar uzatilgan, bir-biriga biriktirilgan, pastki qo`l oldinga cho`zilgan, yuqoridagi qo`l orqaga - yuqoridagi oyoqning son qismi yonida bo`ladi. Pastki qo`l ishchi harakat boshlaganida yuqoridagi qo`l tayyorlanish harakatini bajaradi. Bunday harakatlar o`rtasida tana biroz ko`krakka buriladi, oyoqlar esa vaziyatini o`zgartirmay, erkin turadi. Yuqoridagi qo`l suvga tushganida, pastki qo`l yuqorida aytib o`tganimizdek, tayyorlanish harakatining birinchi qismini bajaradi, oyoqlar esa bu paytda tayyorlanish harakatiga o`tadi. Shundan keyin yuqoridagi qo`l oyoqlarning ishchi harakatiga, pastki qo`lning oldinga cho`zilishiga mos ravishda o`zining ishchi harakatini bajaradi. Shu paytda tana dastlabki holatga qaytadi, gavda esa oldinga sirg’anadi. Shu bilan jami harakatlarning bir sikli tugaydi. Download 164.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling