Mavzu: suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari


Download 76.15 Kb.
bet5/7
Sana22.11.2023
Hajmi76.15 Kb.
#1794485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aslonov Azizjon

Suvdagi o‘yinlar shug‘ullanuvchilar faoliyatini faollashtiradi, ularni jamoviy ruhini tarbiyalaydi, suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotIarning qiziqarli va zavqli o‘tishini ta'minlaydi. Bolalar bilan o‘tkaziladigan darslarda turli ko‘ngil ochish o‘yinlaridan keng foydalaniladi; Suvga odatlanishga o'rgatuvchilikdagi turli buyumiarni suvdan olib o‘tish, suvdan chiqarish va hokazolar kiradi. Bolalar bilan o‘tkaziladigan darslarda turli ko‘ngil ochish o‘yinlaridan keng foydalaniladi:
1. Suvga odatlanishga о ‘ rgatuvchi.
2. Suzish elementlari texnikasini egallash va takomillashtirishga
ko‘maklashuvchi.
3. Umumiy jismoniy rivojlanishga ta’sir etuvchi.
4. Amaliy, suvosti va sinxron suzish texnikasi bilan
tanishtiruvchi.
Suv to‘pi elementlari texnikasini o‘rgatishga xizmat qiluvchi. Suvga sakrash elementlari texnikasini o‘rgatishda va hokazolarda qo‘llaniladigan o'yinlar shular jumlasidandir. Suvda ko‘ngii ochish shug‘ullanuvchilar dam olishini faollashtirish, diqqatini asosiy mashg ‘ulotlardan biroz chetga tortishdan iborat bo‘lib, mehnatkashlar dam oladigan suv havzalarida uyushtiriladi. Suvda ko‘ngil ochish o‘yinlari ikki turga: maxsus qurilmalar vositasida bajariladigan va qurilmalarsiz o‘tkaziladigan o‘yinlarga bo‘linadi.
Suv to‘pi - yagona, qiziqarli va zavqli suv sporti o‘yinidir. IJ sportchilardan yuksak suzish mahoratiga va suvda to‘p bilan muomala qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. 0 ‘yin to‘rt tarafi yog‘och po‘kaklar bilan o‘ralgan suv maydonida (20X30 m) o‘tkaziladi. Maydonning yuza chiziqlari mo‘rtasiga balandligi 90 sm va kengligi 3 m li darvozalar o‘matiladi. 0 ‘yinda ishtirok etish uchun har bir komandadan 11 kishiga yo'llanma berilib, o‘yinda bevosita 7 kishi qatnashadi va ular tanaflus vaqtida almashtirib turiladi. 0 ‘yin ≪sof vaqt≫ bilan 28 daqiqa davom etadi, 7 daqiqadan to‘rt davrga bo‘linadi. Davrlar orasida 2 daqiqalik tana flits) bo‘ladi. Bu fursat darvoza va o‘yinchilami almashtirishga imkon beradi. 0 ‘yinning maqsadi - raqib darvozasiga ustalik bilan mumkin qadar ko‘p to‘p kiritishdan iborat.

Download 76.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling