Mavzu: Tabiat muhofazasi borasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi Reja


Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik


Download 40.81 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi40.81 Kb.
#1316598
1   2   3
Bog'liq
Tabiat muhofazasi borasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi

Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tubandagi hollarda:
tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog‘ida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo‘yilgan ekologiya sig‘imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;
tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan to‘lovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lashdan bosh tortganlikda;
tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;
atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko‘rmaganlikda;
tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda;
tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda;
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirni hisobga olish qoidalarini buzganlikda;
chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa o‘z huquq va vazifalarini ro‘yobga chiqarishlariga to‘sqinlik qilganlikda;
atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar.
Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlarning inson salomatligiga yoki yashash sharoitiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa tugatilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Bunday obyektlarning faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki o‘zgartirish hamda ayni vaqtda ularni pul bilan ta’minlashni to‘xtatish xususidagi qarorlarni davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, o‘z vakolatlariga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari chiqaradilar. Ko‘rsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno.
Atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foyda o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplashlari shart.
Tabiatdan maxsus ravishda foydalanishni oqilona amalga oshirmaganlik, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni, chiqindilarni joylashtirishni normativ va limitlarda belgilanganidan ko‘paytirib yuborganlik uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq oshirilgan soliq solinishi kerak.
Tegishli hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining qaroriga muvofiq aytib o‘tilgan qoidabuzarliklarning sabablariga barham berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatini pul bilan ta’minlash to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Ko‘rsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno.
Korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan chiqimdor bo‘lishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan moddiy javobgar bo‘ladilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xo‘jaligiga ziyon yetkazayotgan ekologiya jihatidan zararli faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Sudning ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori aytib o‘tilgan faoliyatni pul bilan ta’minlashni to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomada ushbu Qonundagidan yoki O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatidagidan o‘zga qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida birmuncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, tabiat muhofazasi borasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi mamlakatimiz hududida joylashgan yer usti va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish, tabiat go’zalligiga zarar yetkazmasdan kelgusi avlodga yetkizishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligi bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad esa inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish, ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir.


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. https://lex.uz/acts/-107115

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tabiatni_muhofaza_qilish

  3. https://pravacheloveka.uz/oz/news/atrof-tabiiy-muhitni-muhofaza-qilishning-xalqaro-va-milliy-huquqiy-standartlari

Download 40.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling